"Nasaf"ning "Al Vahda"ga qarshi yagona o'yinida qanday hisob qayd etilgan?
03 noy 2025 15:18
Yangiliklar
"Nasaf"ning "Al Vahda"ga qarshi yagona o'yinida qanday hisob qayd etilgan?
Bugun Elit Osiyo Chempionlar ligasi 4-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Al Vahda" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Jamoalar shu paytga qadar atigi bir marotaba to'qnash kelgan. 2001/02 yilgi Osiyo klublar chempionatining chorak finali mintaqalarga ajratilgan holda guruh bosqichi tizimida o'tkazilgan.
G'arbiy mintaqa guruhining 3-turida ikki jamoa o'zaro to'qnash kelgan. Uchrashuvning 1-daqiqasidayoq amirliklar Al Enazining goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgan. Ammo bo'lim yakunida qarshiliklar ustunlikni o'z tomoniga og'dirgan. Dastlab 41-daqiqada Abdulaziz Muhammad o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ygan bo'lsa, 45-daqiqada No'mon Hasanov g'alaba goliga mualliflik qilgan – 2:1.
Mazkur g'alaba "Istiqlol" (Eron) va "Al Kuvayt" (Kuvayt) bilan bir guruhdan o'rin olgan "Nasaf"ning 2-o'rin bilan yarim finalga yo'l olishiga hissa qo'shdi.
Ammo "Nasaf" yarim finalda Koreyaning "Suvon Samsung", 3-o'rin uchun bellashuvda esa Eronning "Istiqlol" klubiga imkoniyatni boy berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar