Messi MLSdagi tanaffus paytida Saudiya Arabistoni klubiga o'tmoqchi edi, ammo saudiyaliklar bunga rozi bo'lishmagan
30 okt 23:30
Yangiliklar
Messi MLSdagi tanaffus paytida Saudiya Arabistoni klubiga o'tmoqchi edi, ammo saudiyaliklar bunga rozi bo'lishmagan
Lionel Messi 2026-yilgi JCHga tayyorgarlik ko'rish uchun Saudiya Arabistoni klubiga o'tishni istagan.
Bu haqda Ar Riyoddagi Mahd istedodlarni rivojlantirish akademiyasining bosh menejeri Abdulla Hammad Saudiya Arabistonining Thmanya nashri podkastida malum qildi. Yaqinda 38 yoshli argentinalik hujumchi "Inter Mayami" bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirgan edi.
"Messining jamoasi o'tgan yozda klublar o'rtasidagi jahon chempionati paytida men bilan bog'landi. U 2026-yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Amerika ligasidagi to'rt oylik tanaffus davrida Saudiya Arabistonida o'ynashni xohladi.
"Los-Anjeles Geleksi"da o'ynab, keyinchalik "Milan"ga o'tgan Devid Bekxem bilan ham xuddi shunday holat yuz bergan edi. Men taklifni vazirga etkazdim, biroq u Messining atigi to'rt oyga kelishiga ruxsat bermadi va shu bilan masala yopildi.
.U Saudiya Arabistoni chempionati mashg'ulot maydoniga aylanmasligini takidladi," - dedi Hammad.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar
Qòy diqqat bulma, xabar rost bulsaxam akeni oqlashga yòl topasan xD