So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  3 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  12

Nematulla Quttiboev: "3:0 hisobida zafar quchgan bo'lsak-da, hisob o'yinga yarasha bo'lmadi" Yangiliklar

Nematulla Quttiboev: "3:0 hisobida zafar quchgan bo'lsak-da, hisob o'yinga yarasha bo'lmadi"

Bugun Pro liga 19-turidan "Olimpik" – "Aral" uchrashuvi bo'lib o'tdi va "Do'stlik" stadionida kechgan bahsda "Aral" 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Aral" bosh murabbiyi Nematulla Quttiboev o'z fikrlarini bildirdi.

"Juda ham og'ir uchrashuv bo'ldi deb o'ylayman. Birinchi bo'limda bir nechta vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Lekin umumiy hisobda uchta gol urib g'alaba qozondik. Ushbu g'alabadan so'ng jadvalda ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldik va 5 noyabr kuni bo'lib o'tadigan "Olimpik-MobiUz" – "Lokomotiv" bahsini ham diqqat bilan kuzatamiz, chunki oxirgi turni o'z maydonimizda "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazamiz. Garchi bugun 3:0 hisobida zafar quchgan bo'lsak-da, to'g'risini aytishim kerak, hisob o'yinga yarasha bo'lmadi, chunki "Olimpik" ham qattiq kurashdi", – dedi Quttiboev.

- "Aral"ning oxirgi turdagi "Lokomotiv"ga qarshi bahsi finaldek kechadi. Shu o'yin haqida fikringiz...

- Final deyishga hali ertami deb o'ylayman. Hammasi "Lokomotiv"ning "Olimpik-MobiUz" bilan qanday natija qayd etishiga bog'liq. "Lokomotiv" yutqazsa yoki durang o'ynasa, shundan so'ng bu o'yin final bo'ladi. Biz ham shuni kutyapmiz, to'g'risi, o'zim ham final bo'ladi deb o'ylayapman.

Reyting: +4   

Fikrlar

   
04 noy 08:36:28
kholmurzaev
Qoraqapoq Jamoasini xam Superligada ko'rish juda yoqimli
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика