Elit OCHL. "Nasaf" so'nggi daqiqalarda to'p o'tkazib, o'z maydonida "Al Vahda"ga yutqazdi
03 noy 20:40
Yangiliklar
Elit OCHL. "Nasaf" so'nggi daqiqalarda to'p o'tkazib, o'z maydonida "Al Vahda"ga yutqazdi
OFK Chempionlar ligasi Elit. 4-tur
"Nasaf" (O'zbekiston) – "Al Vahda" (BAA) 1:2
Bosh hakam: Halid Saleh Alturais (Saudiya Arabistoni)
Yordamchi hakamlar: Muhammad Maki Alabakry, Abdulrahim Habib Al Shammari (ikkalasi – Saudiya Arabistoni)
To'rtinchi rasmiy: Husayn Alfunhush Shukri (Saudiya Arabistoni)
VAR: Sulton Sanat Alharbi (Saudiya Arabistoni)
VAR assistenti: Mamduh Mufaroh Al Shahdan (Saudiya Arabistoni)
Hakamlar nazoratchisi: Tang Ev Mun (Cingapur)
Komissar: Ahmed Shahir (Maldiv orollari)
Mahalliy media oficer: Sherzod Rajabov
Mahalliy bosh koordinator: Akmal Rahmatov
Gollar: 1:0 – 42, Sardor Bahromov (Zafarmurod Abdurahmatov), 1:1 – 52, Favor Ogbu (Dushan Tadich), 1:2 – 89, Kaio Kanedo
"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 2. Alibek Davronov, 5. G'olib G'aybullaev (22. Igor Golban, 66), 7. Adenis Shala (77. Oybek Bozorov, 66), 8. Zafarmurod Abdurahmatov (55. Diyor Abdunazarov, 83), 10. Dragan Cheran (20. Yusuf Otubanjo, 66), 14. Sharof Muhiddinov, 18. Husayn Norchaev, 19. Stefan Cholovich (17. Suhrob Nurulloev, 76), 24. Sardor Bahromov, 34. Sherzod Nasrullaev
Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 82. Asilbek No'monov, 33. Bahodir Xalilov
"Al Vahda": 1. Muhammad Hasan, 3. Lukas Pimenta, 5. Ala Eddine, 6. Muhammad G'orbani, 10. Dushan Tadich, 11. Fakundo Kruspski, 19. Ruben Filipe, 22. Bernandu Pereira (7. Kaio Kanedo, 60), 25. Jadsom Mimyas, 30. Favor Ogbu, 94. Brahima Diarra
Zaxira: 26. Haza Ammar, 36. Zaid Ahmad, 2. Mansur Solih, 8. Abdulaziz Al Blushi, 15. Mubin Degan, 32. Gonsalo Moura, 38. Arnau Algaba, 60. Badir Nosir, 68. Muhammad Al Ubaydi, 80. Abdulqodir Al Somi, 88. Darko Lazovich
Ogohlantirishlar: G'olib G'aybullaev (52), Stefan Cholovich (71), Zafarmurod Abdurahmatov (77), Brahima Diarra (77), Jadsom Mimyas (78)
MATNLI TRANSLYACIYA
O'yin yakunlandi.
90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.
89. GOL! "Al Vahda" standart vaziyatdan unumli foydalandi. Kaio Kanedo Nematovdan qaytgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga kiritdi.
88. "Nasaf" jarima maydoni yaqinida standart vaziyat yuzaga keldi.
83. "Nasaf"da o'zgarish.
81. Mehmonlar tomonidan yo'llangan zarbani Nematov egalladi.
79. Nurulloev raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishga ishora qildi.
78. Bozorovga nisbatan qo'pollik ishlatgan Jadsom Mimyas ogohlantirildi.
77. Ikki jamoaning bir nafardan futbolchisi ogohlantirildi.
76. "Nasaf"da o'zgarish.
75. Cholovichning zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
72. Zarba! Muhiddinovning zarbasi raqib himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.
72. Tadichning jarimadan yo'llagan zarbasini Nematov qaytardi.
71. Cholovich qo'pollik uchun ogohlantirildi.
70. Mehmonlar hujumi yakunida to'p Nematovga kelib tushdi.
66. "Nasaf"da uch o'zgarish.
64. Zarba! Shalaning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasi yuqorilab ketdi.
63. Norchaev raqib jarima maydoniga kirib, sherigiga pas berdi, ammo to'p raqibga nasib etdi.
60. "Al Vahda"da o'zgarish.
58. Zarba! Norchaevning bosh bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
52. GOL! Favor Ogbu jarimadan oshirilgan uzatmani bosh bilan "Nasaf" darvozasiga kiritdi. Nematov to'pni qaytara olmadi.
52. G'aybullaev qanotda raqib futbolchisini ushlab qolgani uchun ogohlantirildi.
50. Xavfli vaziyat! "Nasaf" futbolchilarining xatosidan mehmonlar unumli foydalanishi mumkin edi, so'nggi pallada Tadichni Davronov qiyinchilik bilan zararsizlantirdi.
48. Xavfli vaziyat! Abdurahmatovning jarima maydoni o'ngrog'idan uzatmasi sheriklariga etib bormadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Taym yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.
42. GOOOOOL! Bahromov olis masofadan chap oyoqda "Al Vahda" darvozasining yuqori burchagini aniq nishonga oldi!
38. Cheran raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yiinni davom ettirishga ishora qildi.
37. Mehmonlarning chap qanotdan uzatmasi zarba bilan yakunlandi. Nematov to'pni egalladi.
34. Ruben Filipening zarbasi darvoza ustuni yuqorisidan o'tib ketdi.
31. Tadichning jarimadan uzatmasini sheriklari zarbaga aylantira olmadi.
29. "Al Vahda"ning burchak zarbasi bartaraf etildi.
22. Muhammad G'orbaniga tibbiy yordam ko'rsatildi. Uning boshini bint bilan bog'lashdi.
19. Bahromovning zarbasini "Al Vahda" darvozaboni egalladi.
14. Norchaev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
10. Zarba! Kruspskining zarbasi darvoza to'sinidan qaytdi, ikkinchi urinishni himoyachi bartaraf etdi.
3. Nasrullaevning chap qanotdan uzatmasi Muhammad Hasandan o'tmadi.
1. O'yin boshlandi.
Jamoalar maydonga chiqishdi. "Nasaf" qizil, "Al Vahda" oq rangli liboslarda harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar
O‘zbekistonda Ajdarlar Osiyoga chiqsa chuvalchang bo‘pqolarkanku,