Edita Mirobidova Xitoy - Bangladesh uchrashuvini boshqaradi
03 mar 2019 10:28
Yangiliklar
Edita Mirobidova Xitoy - Bangladesh uchrashuvini boshqaradi
Avvalroq, o'zbekistonlik hakamlar turli xalqaro musobaqalarda ishlash uchun taklif etilayotgani haqida xabar berib o'tgandik.
Jumladan, Edita Mirobidova va Kristina Sereda Ayollar o'rtasidagi U-16 Osiyo chempionati saralashidan o'rin olgan uchrashuvlarda ishlashmoqda.
Avvalroq, hamyurtlarimiz «B» guruhidan o'rin olgan Xitoy - Myanma uchrashuvini boshqarib borishgandi. Bugun Xitoy terma jamoasi Bangladeshga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o'yinni ham Edita Mirobidova boshqaradi. Unga qanotda Kristina Sereda yordam beradi. Uchrashuv «Mandalar Thiri» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 13:30da boshlanadi.
Saralash bahslari 6 mart kuniga qadar davom etadi.
Fikrlar