So’nggi yangiliklar

22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  2 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  5 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0

Edgar Gess: "Maydonning holati kombinacion o'yin namoyish etishga halaqit berdi" Yangiliklar

Edgar Gess: "Maydonning holati kombinacion o'yin namoyish etishga halaqit berdi"

Kecha "Buxoro" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng saytimiz xodimlari "Buxoro" bosh murabbiyi Edgar Gessdan intervyu olishdi:
- Edgar Yakovlevich,avvalombor o'ta muhim g'alaba bilan tabriklaymiz.
- Rahmat. Muxlislarni tabriklayman!

- O'yin haqida qanday fikrdasiz?
- Maydonning holatini ko'rdingizlar, maydonning holati biz rejalashtirgan kombinacion o'yin namoyish etishga halaqit berdi.Toshkentda biz suniy maydonlarda o'ynadik, o'zimizdagi maydonlar hali tayyor emas. Bugungi o'yinimiz yaxshi o'yinlarimizdan biri bo'ldi deganlar yanglishadi. Yuq, bizning jamoa kombinacion futbolni hush ko'radi, to'p bilan kuproq muomala qilishni yoqtiradi. Bugun maydon bunga imkon bermdi. Bunaqa maydonda biz o'z taktikamizga o'zgartirish kiritdik. Bu uchrashuvda barcha guvoh bo'ldi, bizda imkoniyatlar ko'proq bo'ldi, ko'proq hujum va zarbalar biz tomonimizdan tashkil etildi, men o'ylayman-ki,biz haqqoniy g'alabani qo'lga kiritdik.

- Futbolchilaringizdan kimni alohida kursatgan bo'lar edingiz? Kimning harakatlari ko'proq maqul bo'ldi?

- Kimni ajratib ko'rsataman? Gol urgan Boboqulovni ko'rsatsam, himoyachilarimizchi? Ular emas-mi, raqib hujumlariga barham berib kelganlar? G'alaba qozongan jamoadan hech bir futbolchini ajratib ko'rsata olmayman. Bugun butun bir jamoa kollektiv o'yin namoish etdi va maydonda barcha birdek faqat kurash olib bordi. Futbolchilarimizning barchasida jangovor ruh yuqori notada bo'ldi.

- Mehmonlarga qanday tarif berasiz?

- Ular ham kurashishdi, harakat qilishdi. Jamoaning tarkibida ko'plab tashribali futbolchilar jamlangan. Biz bu jamoaga na jismoniy tomondan, na taktik tomondan, na yakka kurashlarda yutqazmadik. Qarshi hujumlarda esa biz mazmunliroq harakat qildik. Buni barcha ko'rdi.

- Kupchilik muxlislar Andrey Akopyancning sal avvalroq maydonga tushishini kutishgandi, lekin u faqat so'nggi daqiqalarda maydonga tushurildi. Bu nima bilan bog'liq?
- Birinchidan, u jamoa yig'inlariga kech kirishdi, ikkinchidan u bunaqa maydonlarda o'ynamagan, uchinchidan o'yinimiz shundoq ham yaxshi chiqayotgan edi. Uni barvaqtroq tushurib tavakkal qilish noto'gri bo'lar edi. U yoki o'yinga kirishib ketar edi yoki yo'q. Bor narsani buzib quyish hech gap emas. Mana yosh futbolchi Ravshan Aslanov va Elyor Akbarovlarni maydonga barvaqtroq tushurdik ular tezda kirishib ketishdi. Akopyancning poziciyasida sal qiyinroq, hujumchi ortida harakat qilish qiyin, chunki to'rt tarafdan seni raqib qurshab turadi.SHu vaziyatga bazi futbolchilar o'yinga moslasha olmay qoladilar.

- Darvozabonimiz masalasiga kelsak, bizning fikrimiz-cha,Turdaliev to'pga chiqishda bazi xatolarga yul quymoqda? Siz nima deb o'ylaysiz?

- Yo'q. Men unday o'ylamayman. Bugun u to'plarni mushti bilan urib chiqarishga harakat qildi. Esdan chiqarmanglar,bugungi to'plar traektoriyasi nostandart bo'ldi, bunga albatta maydon holati sababchi.To'pni qo'lida ushlab qolishga intilgan darvozabon ko'proq  xato qilardi bu vaziyatda. Unga etirozim umuman yo'q, bugun o'ziga ishonib harakat qildi.
Bizda ikkinchi darvozabonimiz ham bor - Korneychuk. Lekin u bugungi kunda psixologik tayyor emas.

- Kelasi o'yinlarda jarohatlangan futbolchilarimiz, Kvesieshvili va Vahobovlarni maydonga chiqish ehtimoli bormi? Jarohati tuzalib qoldimi?

- Jamoamiz g'alaba qozodi,bu vaziyatda bir gap aytish qiyin. Lekin Vahobov tuzalishga yaqinroq. Mana bugun ikki hujumchimiz ham yaxshi harakat qilishdi, buxorolik Firdavs Asadov va Boboqulov. Bu hujumchilar barchasi bir-biri bilan jiddiy raqobatni vujudga keltirishmoqda.

- Endi hakamlarga o'tsak. Bugun stadiondagi muxlislar Kovalenkoning bazi-bir qarorlaridan ochiqchasiga o'z noroziliklarini namoyish etishdi. Jumladan Firdavs Asadovning darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borishida, jarima maydoni ichida mehmonlar himoyachisi bilan to'qnashuvda yiqilishi?

- Bilasizmi, muxlis bir tomondan ko'radi, hakam esa o'sha vaziyatga yaqinroq bo'ladi. Men ochig'i bu vaziyatni yaxshi ko'ra olmadim. CHunki Firdavsning ortida himoyachi turgan edi va bu vaziyatda himoyachining harakatlarini uning ortidan turib payqash qiyin. Ha, u erda qanaqadir kurash kechdi, kimdir menga farg'onalik futbolchi qo'lini ishga solganini aytdi. Lekin vaziyat o'tib ketdi.

- Kelasi raqibimiz "Navbahor", bugun bu jamoa o'z uyida mag'lub bo'ldi. Endi namanganliklar bor kuchlari bilan g'alaba ilinjida tashrif buyurishadi. Nima deb o'ylaysiz, bizga kelasi o'yin bugungisidan ham og'irroq bo'ladimi?

- Albatta, ular g'alaba ilinjida kelishadi. Bir narsani aytaman bizga qiyinroq emas, lekin bugungiday qiyin bo'ladi.Turli saytlarda o'qigan bo'lsangiz kerak, "Neftchi" mutasaddilari Buxorodan kamida ochko olib ketishni yuz foiz kafolat bilan aytishgan edi. Ular bizni o'ta bo'sh jamoa deb o'ylashdi va yanglishishdi. Albatta yig'inlarda birinchi liga vakillariga imkoniyatni boy berdik, duranglar qayd etdik va tabiiyki, raqib shunday xulosaga kelgan. Lekin biz yig'inda og'ir mashg'ulotlardan 1-2 soat o'tib maydonga chiqar edik.Futbolchilarimiz o'zlari kelib aytishdi, biz bunaqangi og'ir mashg'ulotlarda hali qatnashmaganmiz deb. Bugungi o'yinda shu og'ir mashg'ulotlar bizga qo'l keldi, biz mehmonlarga nisbattan jismonan ancha ustun edik.

- Qiziqarli suhbatingiz uchun rahmat.

- Sizlarga rahmat! Muxlislarimizni mening nomimdan tabriklab qo'yinglar.Saytlaringizga rivoj tilayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика