Ederson: "Abduqodir Husanov uchun xursandman"
15 fev 23:41
Yangiliklar
Ederson: "Abduqodir Husanov uchun xursandman"
APLning 24-turi doirasida "Nyukasl"ga qarshi o'yindan keyin "Manchester Siti" posboni Ederson jamoadoshlari haqida gapirdi.
"Niko Gonsales, ayniqsa, "Chelsi" bilan o'yinda bir qancha xatolar qilgan Abduqodir Husanov uchun juda xursandman.
Bugun garchi yosh bo'lsa-da, Husanov juda, juda zo'r o'ynadi. Ha, u ko'proq ruschada gapiradi, inglizchada gapira olmaydi. U bilan muloqot qilish qiyin. Biroq Abduqodir tezroq tilni o'rganishga harakat qilmoqda va barchamizni eshitib, o'zi uchun dars olyapti. Bu bizni xursand qilmoqda.
Niko uchun ham xursandman. U o'yin davomida to'pni qaytarib olish uchun biz uchun muhim futbolchi. Bugun u ham yaxshi o'yin o'tkazdi", - dedi Ederson.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar