YCHLning o'tgan mavsumdagi eng tezkor futbolchilari ro'yxati ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
16 iyul 2023, 17:31
YCHL matbuot xizmati musobaqaning o'tgan mavsumidagi eng tezkor futbolchilari reytingini taqdim qildi.

Unga ko'ra, eng tezkor futbolchi sifatida "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis qayd etildi - 37,1 km-soat.

Ikkinchi o'rinda "Chelsi" yarim himoyachisi (36,6 km/soat) Mixail Mudrik qayd etilgan bo'lsa, kuchli uchlikni shunday tezlik bilan Usmon Dembele yopib berdi.

Kuchli o'nlik shunday ko'rinish olgan:

1. Alfonso Devis ("Bavariya", 37,1 km/ch)

2-3. Mixail Mudrik ("Chelsi", 36,6 km/ch)

2-3. Usmon Dembele ("Barselona", 36,6 km/ch)

4. Rafael Leau ("Milan", 36,5 km/ch)

5. Gabriel Veron ("Portu", 36,4 km/ch)

6. Federiko Valverde ("Real", 36,3 km/ch)

7. Nunu Tavaresh ("Marsel", 36,2 km/ch)

8-9. Karim Adeyemi ("Borussiya" Dortmund, 36,1 km/ch)

8-9. Mussa Diabi ("Bayer", 36,1 km/ch)

10. Dominik Soboslai ("Leyptsig", 35,0 km/ch)

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/ChampionsLeague