So’nggi yangiliklar

09:45"Ювентус" ёзда кимни бош мураббий этиб тайинламоқчи эканлиги маълум   1 09:15“Реал Мадрид“ иккита ҳимоячи учун 100 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:48АПЛ футболчиси кома ҳолатига тушиб қолди  1 08:10Анчелотти Бразилия МТЖга мамлакат футболи афсонасини ёрдамчи мураббий сифатида таклиф қилмоқчи  1 07:37Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур давом эттирилади  0 01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  8 01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  8 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  6 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  21 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  8 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3

CHempionlar ligasi. Emerining rejasi ish berdi, "Vilyarreal" "Bavariya"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

CHempionlar ligasi. Emerining rejasi ish berdi, "Vilyarreal" "Bavariya"ni mag'lubiyatga uchratdi

ECHLning chorak finalidan o'rin olgan "Vilyarreal" - "Bavariya" uchrashuvi yakunlandi.

Villarreal

Arnaut Danjuma - 8'

Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

07/04/2022, 01:00

0
:
1
Tugadi

Bayern Munich

Stadion: Estadio de la Ceramica, 21626 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
8'  Arnaut Danjuma
8'  Daniel Parejo
41'  Francis Coquelin
59'  Francis Coquelin (Alfonso Pedraza)
74'  Unai Emery
74'  Pervis Estupinan
81'  Arnaut Danjuma (Samuel Chukwueze)
81'  Juan Foyth (Serge Aurier)
62'  Thomas Mueller (Leon Goretzka)
62'  Serge Gnabry (Leroy Sane)
71'  Benjamin Pavard (Niklas Suele)
90'  Leon Goretzka (Marc Roca)


"Vilyarreal" – Bavariya  1:0

"Estadio de la Seramika»

Gol: 1:0 – 8 Dandjuma.

"Vilyarreal" – Ruli, Foyt (Ore, 81), Albiol, Pau Torres, Estupinyan, Lo CHelso, Koklen (Pedrasa, 59), Kapu, Parexo, Jerar Moreno, Dandjuma (CHukvueze, 81).

"Bavariya" – Noyer, Pavar (Zyule, 71), Ernandes, Upamekano, Devis, Gnabri (Sane, 62), Kimmix, Musiala, Myuller (Goretcka, 62), Levandovski, Koman.

Ogohlantirish: Estupinyan (74).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. Gorecka "ikkinchi qavatda"gi kurashda boshini yorib oldi, shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

90+1. Muxlislar o'rindiqlarga qo'yib chiqilgan sariq bayroqlarni tinimsiz hilpiratib, o'z sevimlilarini tinimsiz qo'llab-quvvatlashmoqda.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa  qo'shib berildi.

89. "Vilyarreal" futbolchilari himoyada oxirigacha o'ynab, raqib hujumlarini muvaffaqiyatli bartaraf etishyapti.

87. PEDRASAAAA! U hisobni 2:0 ko'rinishga keltirishi mumkin edi, biroq deyarli birga bir vaziyatda darvozani nishonga ola bilmadi.

86. "Vilyarreal" futbolchilari vaqt cho'zishlar orqali "Bavariya" tempini tushirib, g'alabani ushlab qolishga urinishmoqda.

81. Sanening uzoqdan bergan zarbasidan so'ng Ruli to'pni tutib oldi.

73. Lo CHelso o'ta xavfli qarshi hujum amalga oshirdi, ammo hujumni yakunlashda bir qarorga kela olmadi. Na pas va na zarba berdi.

70. O'yin tempi biroz pasaydi, "Bavariya" endi kombinacion hujum bilan o'ynashga qaror qildi.

67. DANJUUMA! U qulay vaziyatni yo'qqa chiqardi. Hujumlar soni juda ko'p, biroq hozirgacha bor-yo'g'i 1ta gol urildi.

66. Ushbu o'yin Janubiy Amerika futbolini eslatib yuboryapti: Yarim himoya yo'q, faqat tezkor qarshi hujumlar.

64. Komanning yaqin burchakka bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

62. Noyer to'pni jamoadoshiga etkazishda xatoga yo'l qo'ydi, Moreno esa o'sha to'pni egallab, markazdan "Bavariya" darvozasiga zarba berdi. To'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

57. "VILYARREAAAAL"! "Sariqlar" ikkinchi golni urishga juda yaqin kelishdi, ammo zarba bloklangani tufayli hisob o'zgarmay qoldi. Qarshi hujumlar "Bavariya"ning nozik nuqtasiga aylanib qoldi.

53. ZARBAAAAAA! Morenoning kuchli zarbasidan so'ng "Bavariya" darvozasining ustuni mehmonlarni goldan qutqardi.

50. SEEEERJ! Gnabrining zarbasidan so'ng to'p "Vilyarreal" darvozasi yonidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

--------------------------------------------------------------------------------------
45. Tanaffus!

44. "Bavariya" raqibni o'z jarima maydonchasiga qamaba qo'ya olmayapti. "Vilyarreal" futbolchilari bunday vaziyatda nima qilish kerakligi borasida etarlicha ko'rsatmalar olishgan.

41. GOOOL! KOKLEEEEN! 2:0! Nimalar bo'lyapti? YO'Q, gol hisobga olinmadi, chunki Koklenga pas bo'lgandi u o'yindan tashqari holatda edi.

35. Koklen hamda Koman to'qnashib ketishgani sabab o'yin biroz to'xtab qoldi.

31. "Vilyarreal"ning qarshi hujumi raqiblarni shoshirib qo'ymoqda, shu sababli ular qoidani buzishga majbur bo'lishyapti.

28. Moreno "Vilyarreal"ning tezkor qarshi hujumini gol bilan yakunlashi mumkin edi, ammo Lo CHelsoning uzatmasidan so'ng to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi.

22. Evropa ligasini yutishdan charchagan Unay Emeri endi CHempionlar ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritishga chog'langan ko'rinadi.

17. Kimmixning jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pini "sariq suvosti kemasi" posboni Xeronimo Ruli ushlab oldi.

16. Alfonso o'z qanotida standart ishlab oldi.

8. GOOOL! Kutilmaganda "Vilyarreal" hisobni ochdi! Danjuma chorshanba oqshomida gol urdi. Avvaliga Lo CHelso chap qanotdan to'pni markazroqqa uzatdi, Parexoning zarbasi biroz o'xshamadi, to'p ketayotgan yo'lda turgan Danjuma uni darvozaga burdi. 1:0.

Danjuma 15-raqam osida to'p tepadi.

6. "Bavariya" ketma-ket ikkita zarba amalga oshirdi. Bittasini himoyachi qaytardi, Pavar bergan zarbadan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

3. "Vilyarreal" futbolchilari raqib "Bavariya"dek etakchi emas, oddiy jamoalardan biri deb o'ylab, qo'rqmasdan harakat qilshmoqda. Har holda bu ularning o'yinidan ko'rinib turibdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- "Vilyarreal" muxlislari o'zlarining sevimli qo'shiqlari orqali jamoalarni kutib olishdi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

"Vilyarreal" – "Bavariya"

7 aprel, 00.00, "Estadio de la Seramika"

"Vilyarreal" – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Estupinyan, Lo CHelso, Koklen, Kapu, Parexo, Jerar Moreno, Dandjuma.

"Bavariya" – Noyer, Pavar, Ernandes, Upamekano, Devis, Gnabri, Kimmix, Musiala, Myuller, Levandovski, Koman.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика