Tarixiy rekord: "Inter" "Barselona" bilan o'yin chiptalaridan 14,7 mln evro ishlab oldi
09 may 11:45
Yangiliklar
Tarixiy rekord: "Inter" "Barselona" bilan o'yin chiptalaridan 14,7 mln evro ishlab oldi
Milandagi "San-Siro" stadionida UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalining javob uchrashuvi bo'lib o'tdi, "Inter” qo'shimcha bo'limlardan so'ng "Barselona"ni 4:3 hisobida mag'lub etdi.
O'yinni 75 504 nafar muxlis tomosha qilgan.
"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, bu o'yinda Italiya futboli tarixida chipta sotishdan tushgan daromad bo'yicha rekord o'rnatildi – "Inter" 14,7 mln evro daromad oldi. Avvalgi maksimal ko'rsatkich 2023 yilgi Chempionlar Ligasi yarim finalida "Inter" va "Milan" o'rtasida kuzatilgan bo'lib, o'shanda 12,5 mln evro ishlab topilgandi.
Endi Milan klubini Franciya grandi "Pari Sen-Jermen" bilan so'nggi qarama-qarshilik kutib turibdi. Chempionlar Ligasi finali 31 may kuni Myunxendagi "Alyanc Arena"da bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
МЛС. Мессининг супер ўйини "Интер Майами"ни ярим финалга олиб чиқди
Винисиус "Реал"дан йилига 30 млн. евро талаб қиляпти, аммо "Реал"...
Ла Лига. "Реал" "Эльче" билан ўйинда қоқилди, аммо биринчи ўринда қолди — "Барселона" билан орадаги фарқ 1 очко
Fikrlar