De Bryuynening agentlari futbolchining xizmatlarini "Real"ga taklif qildi
14 may 01:01
Yangiliklar


De Bryuynening agentlari futbolchining xizmatlarini "Real"ga taklif qildi
Manba malumotlariga ko'ra, belgiyalik futbolchining agentlari Toni Kroos faoliyatini yakunlaganidan so'ng "Real"ga markaziy yarimhimoyachi kerakligini bilgan holda Kevinni tavsiya qilishgan. Takidlanishicha, De Bryuyne "Real"da o'ynashni xohlaydi va maoshini ikki barobarga kamaytirishga ham rozi. Hozirda yarimhimoyachining "Manchester Siti"dagi maoshi taxminan 16 million evro atrofida bo'lsa, Ispaniya grandida u 7-8 million evro maosh olishga tayyor. "Real" ushbu taklifni hurmat bilan qabul qildi, biroq 33 yoshli yarimhimoyachining eng yaxshi futbol yillari ortda qoldi degan fikrda.
Malumot uchun, De Bryuyne joriy mavsum yakunida "Manchester Siti"ni tark etadi. U bu mavsum barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urgan va 8 ta gol uzatma bergan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 27 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar