So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  7 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

ECHL. "Inter" safarda "SHerif"ni engdi va ikkinchi o'ringa ko'tarildi Yangiliklar

ECHL. "Inter" safarda "SHerif"ni engdi va ikkinchi o'ringa ko'tarildi

ECHL 4-turidan o'rin olgan "SHerif" - "Inter" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"SHerif" – "Inter" 1:3
"SHerif" o'yingohi

Gollar: 0:1 – 54 Brozovich, 0:2 – 66 SHkrinyar, 0:3 – 82 Sanches, 1:3 – 90 Traore.

"SHerif" – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos (Bruno, 73), Till, Addo (Radelich, 62), Traore, Kastaneda, Yaxshiboev (Djulen, 82).

"Inter" – Xandanovich, Darmian (Dumfris, 46), de Vrey (Ranokkiya, 85), SHkrinyar, Bastoni, Dimarko (Perishich, 64), Vidal, Brozovich, Barella, Djeko (Korrea, 81), Martines (Sanches, 82).

Ogohlantirishlar: Addo (35), Darmian (43), Kristiano (51), Kolovos (61), Fernando (63), SHkrinyar (67).


FC Sheriff

Adama Traore - 90'

Champions League Grp. D . 4-tur

04/11/2021, 00:00

3
:
1
Tugadi

Inter

Marcelo Brozovic - 54', Milan Skriniar - 66', Alexis Sanchez - 82'

Stadion: Sheriff Stadium, 5930 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Zwayer

45'
90'
35'  Edmund Addo
51'  Cristiano
61'  Dimitris Kolovos
61'  Edmund Addo (Stjepan Radeljic)
63'  Fernando Costanza
73'  Dimitris Kolovos (Bruno Felipe)
81'  Jasur Yakhshiboev (Keston Julien)
90'  Adama Traore
90'  Sebastien Thill
43'  Matteo Darmian
46'  Matteo Darmian (Denzel Dumfries)
54'  Marcelo Brozovic
54'  Arturo Vidal
64'  Federico Dimarco (Ivan Perisic)
66'  Milan Skriniar
67'  Milan Skriniar
81'  Edin Dzeko (Joaquin Correa)
81'  Lautaro Martinez (Alexis Sanchez)
82'  Alexis Sanchez
85'  Stefan de Vrij (Andrea Ranocchia)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


SHu pallada hakamning final hushtagi chalindi va "Inter" safarda zafar quchib, guruhda ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Mezbonlar garchi mag'lub bo'lgan bo'lsalarda, imkoniyatlari darajasida harakat qilishdi va gol ularni oxirigacha kurashganining isboti desak, mubolag'a bo'lmas. 

90+2-daqiqa. GOOOOOOL! Sebastyan Tilning uzatmasidan keyin Traore farqni qisqartirdi. 

90+1-daqiqa. "SHerif" standart vaziyatga bo'ldi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

88-daqiqa. Nikolo Barella imkoniyatga ega bo'ldi, lekin uning zarbasiga aniqlik etishmadi.   

85-daqiqa. O'zgarish! Stefan de Vrey o'rniga Andrea Ranokkya o'yinga qo'shildi.  

Bu vaziyatda himoyachi Gustavo Dulantoning qo'pol xatoga yo'l qo'ygani ham muhim rol o'ynadi. 

82-daqiqa. GOOOOOOOL! Maydonga tushganiga bir daqiqa ham bo'lmagan Aleksis Sanches hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.   

82-daqiqa. O'zgarish! Aleksis Sanches esa Lautaro Martinesni alishtirdi.

81-daqiqa. O'zgarish! Edin Jekoning o'rniga Xoakin Korrea maydonga tushdi. 

79-daqiqa. "SHerif"ning hujumi pasdagi xato sabab uzilib qoldi.  

76-daqiqa. "Inter" futbolchilari to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi. 

73-daqiqa. O'zgarish! Dimitris Kolovos o'rniga Bruno tushirildi.  

71-daqiqa. Ayni daqiqaga kelib, zarbalar bo'yicha ko'rsatkich 4-17 mehmonlar foydasiga. 

68-daqiqa. Ogohlantirish! Hozirgina gol urgan Milan endi kartochka ishlab oldi.  

65-daqiqa. GOOOOOL! Milan SHkrinyar oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Darvozabon ikki bor to'pni qaytardi, lekin unga yordam beradigan futbolchi baribir topilmadi.  

64-daqiqa. "SHerif" futbolchilari qatorasiga ikki marta negadir uzatmaning o'rniga bir o'zim oldinga o'tib ketaman deb harakat qildi. 

63-daqiqa. Ogohlantirish! Dimitris Kolovos hakam bilan tortishgani uchun sariq kartochka ishlab olmoqda.  

62-daqiqa. O'zgarish! Edmund Addo o'rniga Stefan Radelich maydonga tushirildi.  

60-daqiqa. Mezbonlar amallab to'pni raqib jarima maydonchasigacha olib borishdi, bunda Yaxshiboev ham faol ishtirok etdi, keyin Sebastyan Til zarba yo'lladi, biroq juda noaniq.   

58-daqiqa. Mezbonlar tezkor hujum uyushtirishdi va Kastaneda zarba yo'lladi, ammo Samir Xandanovich osonlik bilan to'pni egallab oldi.  

56-daqiqa. "SHerif"ning hujumi boshlanmay yakuniga etdi. 


54-daqiqa. GOOOOOOOL! Marselo Brozovich juda chiroyli tarzda hisobni ochmoqda. Yarim himoyachi raqibning ikki futbolchisini osonlik bilan yo'lidan olib tashladi va keyin undanda chiroyli zarba bilan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi.    

53-daqiqaAvvaliga mezbonlar to'pni jarima maydonidan uzoqlashtirishdi, keyin Xandanovichga bosim va posbon to'pni maydon tashqarisiga yo'lladi. 

51-daqiqa. Ogohlantirish! Kris Silva qanotda Dumfrisni qo'pol tarzda kutib olgani uchun sariq kartochka ko'rsatildi. 

50-daqiqa. Brozovich "SHerif" qarshi hujumga chiqib ketishiga yo'l qo'ymadi. 

49-daqiqa. Sariq kartochkasi bor bo'lgan Addo Martinesga nisbatan qo'pollik ishlatdi.  

48-daqiqa. Dimarkoning havodan uzatgan to'pini Atanasiadis ushlab oldi. 

47-daqiqa. "Inter" burchak zarbasidan bu safar ham naf chiqara olmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni Jasur Yaxshiboev boshlab berdi. Hamyurtimizga omad tilaymiz.

O'zgarish! Sariq kartochkasi bor Matteo Darmian tanaffusdan qaytmadi, uning o'rniga Denzel Dumfris o'yinga qo'shildi. 

Tanaffusdan so'ng, xavfli vaziyatlar va muhimi gollarga boy o'yin bo'ladi deb umid qilib qolamiz.

45-daqiqa. "Inter"ning ustunligi ostida o'tgan birinchi bo'lim yakunlandi. Hakam umuman vaqt qo'shib bermaslikka qaror qildi. To'p bilan muomalada bo'lish borasida mehmonlar katta ustunlikka ega, ammo buni gol(lar)ga aylantirishning iloji bo'lmayapti.   

44-daqiqa. Standartdan so'ng ish zarbagacha etib bormadi, aksincha, "Inter" qarshi hujumga qochib ketishi mumkin edi. Addo tinchgina to'pni maydondan chiqarib yubordi.  

43-daqiqa. Ogohlantirish! Krishtianoni yiqitgani uchun Matteo Darmian ogohlantirildi. Qulay nuqtadan jarima zarbasi.   

42-daqiqa. Yaxshiboev himoyachi bilan kurashda yiqilib tushdi, lekin hakam jim.  


41-daqiqa. Mehmonlar bosimi tobora kuchayib bormoqda.  

38-daqiqa. "Inter" chapdan jarima maydoniga yorib kirmoqchi bo'ldi, himoyachi to'pni qaytarib yubordi.  

36-daqiqa. Dimarko zarbani amalga oshirdi, biroq to'p jonli devordagilarga tegdi.  

35-daqiqa. Ogohlantirish! Lautaro Martinesga nisbatan ancha qo'pol tashlangani uchun Addoga sariq kartochka ko'rsatildi.   

34-daqiqa. Xavfli vaziyat! Jeko o'ta qulay vaziyatdan gol urishiga Atanasiadis yo'l qo'ymadi.  

32-daqiqa. Parallel o'yinlarda gollar bo'lmoqda, bizda esa deyarli bir xil kartina. "Inter" to'p bilan, lekin raqib himoyasini buzib o'ta olmayapti, mezbonlar esa sabr bilan imkoniyatlarini kutishmoqda.  

29-daqiqa. Darvoza to'riga to'p qolib, futbolchilar kirib ketmoqda. Ketma-ket zarbalar, ammo hisob hamon ochilmadi.  

28-daqiqa. Darmian burchak zarbasi ishladi. Dimarkoning uzatmasidan keyin Lautaro Martines ikki marta zarba berdi, har ikki safar to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.   

27-daqiqa. "Inter" to'p bilan lekin, jarima maydoniga yaqinlashish ancha mushkul bo'lmoqda.  

To'p nazorati foiz hisobida ko'rsatkich 40 - 60 mehmonlar foydasiga.  

25-daqiqa. "Inter" to'p bilan, ammo hozircha raqib himoyasini yorib o'tishni uddalay olmayapti.  

24-daqiqa. Sebastyan Til to'pni oldirib qo'yib, himoyachilarni mushkul axvolda qoldirayotgandi, hakam qoida buzildi deb topdi. 

23-daqiqa. Darmian to'pni raqibga tegib, maydonni tark etishini istagandi, lekin niyatiga etolmadi.  

Kostanca markazga yaqin hududda Jekoni to'p bilan oldinga o'tkazmadi. 

21-daqiqa. "SHerif" nafasni rostlab olish uchun ham to'pni o'z nazoratida ushlab turishga urinmoqda.  

20-daqiqa. Edin Jeko bu safar jarima maydoni tashqarisidan zarba yo'lladi, noaniq.  

18-daqiqa. "Inter" burchak zarbasini amalga oshirdi. Dimarkoning uzatmasidan keyin Jeko qanday qilib to'pni oldidagi darvozaga to'g'ri yo'llay olmadi, aytish mushkul. 

16-daqiqa. Dimitris Kolovos qoidani buzdi, xakam jarima zarbasi belgiladi.  

15-daqiqa. "SHerif" himoyadan chiqishda muammolarga duch keldi.  

14-daqiqa. "Inter" to'pni nazorat qilmoqda.  

12-daqiqa. Sal qolsa Gustavo Dulanto sirpanib ketishi oqibatida to'pni oldirib qo'yishi mumkin edi, lekin to'p mehmonlar vakilidan maydonni tark etdi.  

10-daqiqa. "SHerif" imkon tug'ildi deguncha, xotirjamlik bilan hujumga ham o'tmoqda. 

8-daqiqa. Xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, lekin jarima markazidagilar zarba bera olishmadi. 

7-daqiqa. "Inter" o'ngdan hujum uyushtirmoqchi edi, ammo Dimarko niyatiga eta olmadi.  

6-daqiqa. Traore uzoq masofadan zarba berishga qaror qildi, ancha noaniq.  

5-daqiqa. Jasurbek Yaxshiboev chap qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'rilab yubormoqchi edi, himoyachi bunga imkon bermadi. Burchak zarbasi. 

Uzatmadan keyin to'p darvozabonning qo'liga borib tushdi. 

4-daqiqa. Hakam qoidani mezbonlar buzdi deb topdi. Bu qaror tabiiyki, tribunadagi muxlislarning aksariyatiga yoqmadi.  

2-daqiqa. Markazda "Inter" futbolchisi qoidani buzdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! 

ECHL madhiyasi yangrab o'tdi. Sardorlar va bosh hakam rasmiy ishlarni hal qilishmoqda. 

Jamoalar maydonga tushib kelishdi. 


"SHerif"– "Inter"
"SHerif" o'yingohi

"SHerif" – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos, Till, Addo, Traore, Kastaneda, Jasurbek Yaxshiboev.

"Inter" – Xandanovich, Darmian, de Vrey, SHkrinyar, Bastoni, Dimarko, Vidal, Brozovich, Barella, Djeko, Martines.

FC Sheriff

Adama Traore - 90'

Champions League Grp. D . 4-tur

04/11/2021, 00:00

3
:
1
Tugadi

Inter

Marcelo Brozovic - 54', Milan Skriniar - 66', Alexis Sanchez - 82'

Stadion: Sheriff Stadium, 5930 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Zwayer

45'
90'
35'  Edmund Addo
51'  Cristiano
61'  Dimitris Kolovos
61'  Edmund Addo (Stjepan Radeljic)
63'  Fernando Costanza
73'  Dimitris Kolovos (Bruno Felipe)
81'  Jasur Yakhshiboev (Keston Julien)
90'  Adama Traore
90'  Sebastien Thill
43'  Matteo Darmian
46'  Matteo Darmian (Denzel Dumfries)
54'  Marcelo Brozovic
54'  Arturo Vidal
64'  Federico Dimarco (Ivan Perisic)
66'  Milan Skriniar
67'  Milan Skriniar
81'  Edin Dzeko (Joaquin Correa)
81'  Lautaro Martinez (Alexis Sanchez)
82'  Alexis Sanchez
85'  Stefan de Vrij (Andrea Ranocchia)


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика