So’nggi yangiliklar

23:06УЕФА Чемпионлар лигаси финалини АҚШда ўтказиши мумкин  7 22:45ЕЧЛ. "Брест" ва ПСЖ плей-оффда ўзаро тўқнаш келмоқда (онлайн ҳисоб)  13 22:43ЕЧЛ. Мбаппе, Вини, Беллингем. "Реал"нинг "Манчестер Сити"га қарши таркиби маълум  17 22:17Родриго "Реал"дан кетиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  1 21:13"Реал" ёзда 120 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  17 20:44"Барселона" Франция чемпионатидан ҳужумчи олмоқчи  5 20:18Дибала Мадридга йўл олиши мумкин  2 19:44Асрор Алиқулов: "Суперлига Про лига эмас, бизни қийин ва қизиқарли мавсум кутмоқда"  2 19:20Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси БААда халқаро турнирда иштирок этади  2 18:38Тебас ЕЧЛ янги формати ҳақида: "Вазиятни янада ёмонлаштиришди. Клублар ўртасидаги тафовут ортиб кетяпти"  44 17:50Гвардиола: "Винисиус "Олтин тўп"га лойиқ эди"  39 17:24Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Осиё чемпионати финалига чиқди!  17 17:10Назорат учрашуви. "Машъал" Про лига клубига мағлуб бўлди  5 16:21Ўзбекистонлик аёл ҳакамлар CAFA турнирида иш олиб бормоқда  2 15:35"Динамо"нинг БАА йиғинидаги рақиблари маълум  7

ECHL. 5 ta gol urilgan dramatik o'yinda PSJ "Bavariya"dan ustun keldi Yangiliklar

ECHL. 5 ta gol urilgan dramatik o'yinda PSJ "Bavariya"dan ustun keldi

CHempionlar Ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan "Bavariya" hamda PSJ o'rtasidagi dastlabki to'qnashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

"Bavariya" (Germaniya) – PSJ (Franciya) 2:3 

«Alyanc-Arena»

Gollar: SHupo-Moting 37', Myuller 60' – Mbappe 3', 68', Markinos 28'

Bavariya – Noyer, Pavar, Lyuka Ernandes, Alaba, Zyule (Boateng, 42), Sane, Gorecka (Devis, 33), Koman, Myuller, SHupo-Moting, Kimmix.

PSJ – Navas, Diallo (Bakker, 46), Markinos (Errera, 30), Dagba, Kimpembe, Guye, Di Mariya (Kin, 71), Danilu Pereyra, Draksler, Mbappe, Neymar (Rafinya, 90).

Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (35), Draksler (62), Kimmix (70), Boateng (72), SHupo-Moting (89).

O'yin tugadi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

90. PSJda o'zgarish: Neymar o'rniga Rafinya maydonga tushdi.  

89. Hakamga keskin etiroz bildirgan SHupo-Motingga sariq kartochka ko'rsatildi. 

86. Uuuuux! Alabaning erlatib bergan zarbasigi ozgina aniqlik etishmadi. Dahshat! 

82. Zarbalar bo'yicha ko'rsatkich: 12-4. 

77. Maksim SHupo-Moting darvozaga yaqinlashib kelib xavfli holat sodir qildi, ammo yakunda ofsaydda qolib ketgani malum bo'ldi.

75. Joshua Kimmixning burchakdan uzatgan to'piga uning hech bir jamoadoshlari intilishmadi. 

72. Boateng kechiktirilgan fol uchun jazolandi. 

71. PSJda almashtirish: Di Mariya o'rniga Kin o'yinga qo'shildi.  

70. Kimmix hakam tomonidan ogohlantirildi. 

69. SHupo-Motingning zarbasi!  Navas o'z o'rnida! 

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Mbappening chalg'ituvchi zarbasi darvozadan joy oldi – 2:3! 

66. Tomas Myuller shifokorlar yordamiga muhtojlik sezdi va bundan foydalanib, maydonga qaytdi. 

62. Draksler Pavarga nisbatan qo'pollik ishlatgani bois sariq kartochka oldi.  

60. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Myuller!  Kimmix standartdan havolatib uzatma namoyish qildi, Myuller bosh bilan gol urdi – 2:2! 

55. Bu gal Kingsli Komandan zarba, yana o'sha Navas!  Ajoyib seyv!

53. Pavar ajoyib pasni qabul qilib, o'tkir burchak tomon zarba berdi, Navas qaytardi! Qoyilmaqom seyv! 

51. Zarbaaa!  Uuux! Neymarning zarbasi Noyer tomonidan qaytarildi. Noyer bu vaziyatda JCHdagi Tim Xovardni eslatib yubordi. 

47. Komanning yaxshi o'ylangan uzatmasini himoyachilar bartaraf qilishdi. 

46. PSJda o'zgarish: Diallo o'rniga Bakker tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:2. Tanaffus!  

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

42. "Bavariya"da o'zgarish: Zyule o'rniga Boateng o'yinga qo'shildi. 

40. "Bavariya" to'p nazoratini o'z qo'ligi oldi. Ko'plab qisqa paslar va bir nechta kombinaciyalar uyushtirilmoqda. O'Yinchilar raqib xatosini ham kutishyapti. 

37. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Pavarning uzatmasidan so'ng SHupo-Moting bosh bilan darvozani ishg'ol etdi va hisobni qisqartirdi – 1:2! 

35. Dagbaga nisbatan qo'pol o'ynagan Lyuka Ernandes ogohlantirildi. 

34. Flik katta ehtmol bilan Alabani tayanchga o'tkazadi va o'sha nuqtani kuchaytiradi, Devis esa qanotga qaraydi.

33. "Bavariya"da almashtirish: Gorecka o'rniga Devis tushirildi. 

30. PSJda o'zgarish: jarohatlangan Markinos o'rniga Errera tushdi. 

28. GOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Neymarning qoyilmaqom uzatmasidan keyin Markinos birga-bir holatga chiqdi va ishonli tarzda gol urdi – 0:2!  

27. Mbappe tezkorlik bilan Zyuleni ortda qoldirdi, markaz tomon bergan uzatmasini esa himoyachilar qaytarishdi. 

25. Kilian Mbappe tezkorlik bilan hujumga o'tdi, lekin xavfli vaziyat sodir eta olmadi, himoyachilar yaxshi o'ynashdi.

24. Leroy Sane ichkari tomon ohista pasni amalga oshirdi, biroq Koman to'pga etib bora olmadi.

21. Bu gal Pavar yaqin burchakni nishonga oldi – Navasdan qoyilmaqom seyv! 

19. Leon Gorecka uzatmadan keyin zarba bera oldi, uning zarbasi o'tkir burchak tomon aniq borayotgandi, ammo Navas zarbani to'sa oldi.

16. Gorecka Neymarga nisbatan qoidani buzdi, jarima to'pi. 

14. Kingsli Koman ichkariga pas uzatdi, ammo himoyachilar ishonchli o'ynashdi va to'pni uzoqlashtirishdi.

12. GOOOOOL!  Draksler gol urdi, ammo ofsayd qayd qilinib, bekor qilindi. Sababi Mbappe bundan oldinga holatda o'yindan tashqari holatda qolgan. 

10. Myullerning yaqin mafsoadan yo'llagan zarbasiga Keylor Navas ega chiqdi. 

7. "Bavariya" vakillaridan ketma-ket zarbalar... Dastlab, Kimmixning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi, keyin esa Alabaning zarbasi juda noaniq ko'rinish oldi.  

5. Injiq ob-havo hukmron, biroq bu bizga chiroyli futbol ko'rishga xalaqit qilmaydi.

3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!   Neymar Mbappeni pas ilan taminladi, Kilian esa qiyinchiliksiz Noyer darvoasini ishg'ol  qildi – 0:1!  

1. O'yin boshlandi! 

"Alyanc-Arena" katta o'yinga tayyor!

- O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Germaniyaning "Bavariya" klubi CHL 1/4 finali doirasidagi dastlabki o'yinda o'z maydonida Franciyaning PSJ jamoasini qabul qiladi.  Ushbu bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика