So’nggi yangiliklar

23:23"Clash of Clans" видеоўйинида Холанд қиёфаси пайдо бўлади  2 23:00ЕЧЛ. "Бавария" — "Реал". Таркиблар маълум  26 22:46Рюдигер: "15 ёшга қадар тўшагимни ҳўллаб чиқардим. Бунинг уяладиган жойи йўқ"  4 22:29Эрон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши ўртоқлик учрашуви ўтказмоқчи  0 22:14"Ланс" марказий ҳимоячиси клубдан кетиши мумкин  4 21:30АПЛ клуби мураббийи клипда суратга тушди  0 21:13"Ал Иттиҳод" Бензема, Фабиньо ва яна 4 нафар футболчи жароҳат олганини эълон қилди  0 20:46АПЛда энг кўп маош тўлайдиган клублар рейтинги эълон қилинди  5 20:29Карло Анчелотти: "Менинг "Бавария"дан ўч олиш ниятим йўқ"  11 20:02"Бавария"нинг 5 нафар футболчиси "Реал"га қарши ўйинда майдонга тушмаслиги мумкин  9 19:30Диёр Xолматов: "Ҳиссиётларимни тасвирлаб бериш иложсиз. Отамга ўхшаган футболчи бўлишга интиламан"  7 19:22U-23 Осиё кубоги. 3-ўрин учун ўйин баҳсда ўзбекистонлик мутахассис ишлайди  9 19:07"Рома" ҳужумчисини трансферга қўяди  3 18:42Рой Кин "Арсенал"нинг чемпионлик учун курашдаги асосий муаммосини кўрсатиб ўтди  3 18:20Левандовски "Бавария"ни "Боруссия"дан устун қўйди  8

ECHL. Ikkita qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda PSJ "Barselona"ni yirik hisobda engib, yarim finalga yo'l oldi Yangiliklar

ECHL. Ikkita qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda PSJ "Barselona"ni yirik hisobda engib, yarim finalga yo'l oldi

Evropa CHempionlar ligasi 1/4 final javob bahslari doirasidagi "Barselona" - PSJ uchrashuvi yakunlandi.

Barselona Ispaniya – PSJ Franciya 1:4 (1:1, 0:3)

Gollar: 1:0 – 12 Rafinya, 1:1 – 40 Dembele, 1:2 – 54 Vitinya, 1:3 – 61, penalti Mbappe, 1:4 – 89 Mbappe.

Barselona – ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Joau Kanselu (Joau Feliks, 82), Gyundogan, de Yong (Lopes, 82), Pedri (Ferran Torres, 62), Rafinya, Yamal (Martines, 34), Levandovski.

PSJ – Donnarumma, Xakimi, Markinos, Ernandes, Mendesh, Fabian Ruis (Asensio, 77), Vitinya, Zair-Emeri (Ugarte, 80), Dembele (Kolo-Muani, 88), Barkolya (Li Kan In, 77), Mbappe.

Ogohlantirishlar: Martines (40), Mbappe (40), Fabian Ruis (45+1), Levandovski (50), Markinos (62), Gyundogan (64), Donnarumma (87), Rafinya (90+7), Lopes (90+7).

CHetlatish: Arauxo (29), Xavi (56).

Dastlabki o'yin: 3:2

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

89. GOL! Mbappe uchrashuvga nuqta qo'ydi! "Barselona" darvozaboni ikki zarbani qaytardi. Keyingi urinishda esa u ham yordam bera olmadi.


88. XAVFLI VAZIYAT! Levandovski qulay vaziyatdan foydalana olmadi, aniqrog'i, uning zarbasiga raqib himoyachilari to'g'anoq bo'ldi.

85. "Barselona"ning standart vaziyati zarba bilan yakunlandi. Biroq mezbonlar o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi.

78. Rafinyaning chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

77. PSJ taribida ikki o'zgarish ro'y berdi.

73. ZARBA! Levandovskining chap oyoqda 17 metrdan yo'llagan zarbasini Donnaruma qaytardi.

64. Gyundogan raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

61. GOL! Mbappe 11 metrli nuqtadan "Barselona" darvozasini ishg'ol qilib, PSJni umumiy hisobda ham oldinga olib chiqdi!


59. "Barselona" darvozasiga penalti belgilandi! Kanselu o'z jarima maydonida Dembeleni yiqitdi.

56. Xavi noroziligini ochiqchasiga namoyish etib, CHempionlar ligasi bannerini tepgani uchun chetlatildi.

55. XAVFLI VAZIYAT! Gyundogan tezkor javob qaytarishi mumkin edi. Mezbonlar yarim himoyachisining zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

54. GOL! Burchak zarbasidan boshlangan standart Vitinyaning olis masofadan raqib darvozasining ishg'ol qilinishi bilan yakunlandi!


50. Levandovski raqib futbolchisini qo'li bilan turtib yuborgani uchun ogohlantirildi.

49. Hakimining zarbasi boshqacha traektoriya oldi va Ter SHtegenga qiyinchilik tug'dirdi. Nemis posboni mashaqqat bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. Pedrining yuziga urib yuborgani uchun Fabian Ruis ogohlantirildi.

40. GOL! Dembele qarama-qarshi qanotdan uzatilgan to'pni sobiq jamoasi darvozasiga kiritdi!


34. "Barselona"da o'zgarish: Yamal o'rniga Martines maydonga tushirildi.

29. Arauxo o'z jarima maydoni yaqinida Barkolyani yiqitgani uchun maydondan chetlatildi! PSJda qulay standart vaziyat yuzaga keldi.


28. ZARBA! Mbappening yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Ter SHtegen qoyilmaqom harakat evaziga qaytardi.

25. Dembele burchak zarbasini golga aylantirib yuborishiga bir bahya qoldi, urinishga biroz aniqlik etishmadi.

20. ZARBA! Levandovski 12 metr masofadan kuchli zarba yo'lladi. Agar to'p darvozaga to'g'ri borganda, hisobdagi farq oshishi mumkin edi.

20. "Barselona"ning hujumi xavfli tus olishi mumkin edi, Donnaruma qiyinchilik bilan to'pni autga chiqarib yubordi.

17. ZARBA! Qanotdan uzatma natijasida Mbappening bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

16. Levandovskidan parijliklarning 3-4 nafar futbolchisi to'pni olib qo'yolmadi va qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi.

12. GOL! Rafinya hisobni ochdi! Yamalning say-harakatlaridan so'ng markazda turgan braziliyalik futbolchi Hakimidan epchilroq harakat qilib, hisobni ochdi.


7. Parijliklarning burchakdan uzatmasini Levandovski qaytardi.

2. Mbappe raqib jarima maydoni yaqinida yiqildi, hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +38   

Fikrlar

+26   
17 apr 01:38:24
Max Pol
Mbapeee Koʻzim Krisa uchun yana bita sol )))
+24   
17 apr 01:47:35
Tim Rut
Chelsi muhlislarini yam chaqirla , bu oʻyinni koʻrib bir mazza qilishsin ( 2009 )
+22   
17 apr 01:33:13
Jon Fox
Sudya shakarsan shakar ))) Adolat borakanu ///
+20   
17 apr 01:55:09
Max Pol
4 - 1 Bu gol Kozim va Sekritar uchun MAXSUS ***
+20   
17 apr 01:48:09
So'ngi fol so'ngi soniyalada bo'lsa boshqa gap edi.
Arauxo xato qildi o'yin boshidan qizil olib. Go'l bo'lgan taqdirda xam bemalol eplasa bulardi.
+17   
17 apr 01:34:09
Sardorbek..
Bu Arauxo doyim muxim o'yinlarda kamandasini padvadit qipqo'yadi nimasiga n1 deyishadi uni xayronman
+17   
17 apr 00:47:17
João Félix
Bolla tan olilik 100% qizil edi. 1ga1 ketvotgan o'yinchiga tegib bo'midi bunaqa aggressive.
+14   
17 apr 02:11:10
ЖШБ
Futbolda bu bitta vaziyat ko'p narsani o'zgartirdi lekin Peris b.n Raelni aybi yo'q betta ???? xazil
+14   
17 apr 01:22:00
Adham_realmadrid
Penalti bor bu yerda!
+12   
17 apr 02:21:57
Tim Rut
Sardorbek.. foydalanuvchining fikriga javob berish
Yaxshilab muxlislik qilinglar agar ularam ishonchinglarni oqlamasa nimadan umid qilaszlar bilmadim
Inter Mayamiga muhlislik qilishadi derdimi , Uyam Meksika klubiga yutqazdi 3-1 ga. Bundan buyogʻiga Realga kim raqib boʻsa , oʻshanga fanatlik qilishsa kere )
+12   
17 apr 00:44:56
Музаффар Махмудов
Man sity foydalanuvchining fikriga javob berish
Pidaraz sudya
Нега ҳамма судьяни сўкяпти, одинна один кетётувдику ҳужумчи.

Неччи марта кўрганмиз шунақа ҳолатда қизил берилганини
+11   
17 apr 01:21:49
Vidich
Pishdimi deyman Barsa yam
+9   
17 apr 02:12:00
Sanjar Mashrabov
Хави просто ўзини шарманда қиляпти ўйиндан кейин. бунде нопрофессионал тренер буюк клубларда ишлаши мумкин эмас
+9   
17 apr 01:03:25
Razezd
football4fans foydalanuvchining fikriga javob berish
Neytral muxlislar uchun yaxshi bir o'yinni buzdida hakam.
Arauho buzdi òyinni Hakam emas.
+7   
17 apr 02:02:25
Abduraxmon Vaxobov
Яхши дам олинглар биродарлар хаммага хайирли Тун.Фубол уз йулига одамийликни йукотмайлик.Сог саломат булинглар
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика