Karlo Anchelotti: "Mening "Bavariya"dan o'ch olish niyatim yo'q"
30 apr 20:29
Yangiliklar
Karlo Anchelotti: "Mening "Bavariya"dan o'ch olish niyatim yo'q"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Evropa CHempionlar ligasi 1/2 finalidan o'rin olgan "Bavariya"ga qarshi dastlabki o'yin oldidan fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, italiyalik mutaxassis bir muddat davomida nemislar murabbiyi vazifasini bajargan.
"Har bir jamoaning o'ziga xos uslubi mavjud. Biz bundan voz kecha olmaymiz. Biz yaxshi himoyalanishga va qarshi hujumlardan ehtiyot bo'lishga harakat qilamiz. "Bavariya"dan ketganim uchun ulardan qasos olish niyatim yo'q. Ehtimol, u erda uzoqroq qolishim mumkin edi. Menga klub va Rumminigge juda yoqadi", — dedi Anchelotti.
"Bavariya" — "Real" uchrashuvi 1 mayga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar