PSJ tarbiyalanuvchisi bilan shartnomani uzaytirdi
29 apr 11:52
Yangiliklar
PSJ rasmiy saytida yarim himoyachi Uorren Zair-Emeri bilan bitim uzaytirilganini elon qildi. Tomonlar 2029 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladilar.
Bosh murabbiyi Luis Enrike franciyalik yosh futbolchiga katta ishonch bildirmoqda. U joriy mavsumda asosiy tarkib azosi sanaladi.
Zair-Emeri – "PSJ" tarbiyalanuvchisi. 18 yoshli o'yinchi ushbu mavsum barcha turnirlarda 39 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar