So’nggi yangiliklar

10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  0 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  0 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  2 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  3 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  1 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  3 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  2 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  10 02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  1 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  1 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  2 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  2 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2

CHL. Talyafikoning goli tufayli "Liverpul" "Ayaks"ni mag'lub etdi Yangiliklar

CHL. Talyafikoning goli tufayli "Liverpul" "Ayaks"ni mag'lub etdi

CHempionlar Ligasi "D" guruhidan o'rin olgan 1-tur o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushadigan futbolchilar bilan tanishing.

Ajax

Champions League Grp. D . 1-tur

22/10/2020, 01:00

1
:
0
Tugadi

Liverpool

Nicolas Tagliafico - 35'

Stadion: Johan Cruijff Arena, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Brych

45'
90'
9'  Mohammed Kudus (Quincy Promes)
74'  Davy Klaassen (Jurgen Ekkelenkamp)
74'  David Neres (Zakaria Labyad)
84'  Daley Blind (Lassina Traore)
84'  Perr Schuurs (Klaas Jan Huntelaar)
90'  Quincy Promes
35'  Nicolas Tagliafico
38'  James Milner
46'  Curtis Jones (Jordan Henderson)
60'  Roberto Firmino (Diogo Jota)
60'  Sadio Mane (Takumi Minamino)
60'  Mohamed Salah (Xherdan Shaqiri)
80'  Trent Alexander-Arnold
90'  James Milner (Rhys Williams)

"Ayaks" – "Liverpul" 0:1

"Yoxan Kroyff Arena"

Gol: 0:1 – 35, avtogol Talyafiko.

"Ayaks" – Onana, Mazraui, Sxyurs (Traore, 84), Talyafiko, Blind (Xuntelar, 84), Kudus (Promes, 9), Klassen (Ekkelenkamp, 74), Tadich, Gravenberx, Neres (Labyad, 74), Martines.

"Liverpul" – Adrian, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, Fabino, Milner (Uilyams, 90), Veynaldum, Salax (SHakiri, 60), Djons (Xenderson, 46), Mane (Minamino, 60), Firmino (Diogu Jota, 60).

Ogohlantirishlar: Milner (38), Aleksander-Arnold (80).



90+5. "Ayaks" qo'shib berilgan vaqtning so'nggi daqiqasida hisobni tenglashtirish mumkin edi, ammo Adrian xatosidan keyin berilgan zarba darvoza ustidan o'tib ketdi.

90. Minamina SHakirining uzatmasidan so'ng darvozaga zarba berdi, ammo Onana ishonchli o'ynab, to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

84. Uchrashuv asosiy vaqti yakunlanishiga 6 daqiqa qolganida Xuntelaar maydonga tushdi.

80. Amsterdamda yomg'ir yog'moqda va ayni damga kelib darvozaga berilgan zarbalar soni 10-10.

70. "Liverpul" hujum chizig'i yangilanganidan so'ng, inglizlar ancha faol bo'lib qolishdi. Minamino darvozaga kuchli zarba berib, burchak zarbasi ishlab oldi, ammo standart muvaffaqiyatsiz amalga oshirildi.

60. "Liverpul" safida birdaniga 3 futbolchi almashtirildi. Mane, Saloh va Firmino maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga bahsni Jota, Minamino va SHakiri davom ettiradi.

58. "Ayaks" tezkor qarshi hujum amalga oshirdi va u Promesning zarbasi hamda Adrianning seyvi bilan yakunlandi.

57. Burchakdan uzatilgan to'pni Fabino darvozaga joylashga yaqin edi, ammo Onana to'pni urib yubordi.

52. "Ayaks" ikkinchi bo'limni ancha faol boshladi, biroq ularga aniqlik etishmayapti.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

O'zgarish: Jons o'rniga Xenderson maydonga tushdi.

TANAFFUS

44. "Ayaks" hisobni tenglashtirishiga bir bahya qoldi, ammo Tadich to'pni Adrian ustidan tashlaganidan so'ng Fabino to'pni chiziq ustidan qaytardi.

40. Robertson amalga oshirgan qarshi hujum muvaffaqiyatli yakunlanmadi. Saloh to'pni qabul qildi va raqib jarima maydoni ichidan darvozaning uzoq burchagini ishg'ol qilishga urindi, ammo to'p "Ayaks" himoyachisiga tegib qaytdi.

35. GOOOL! Aniqrog'i avtogol! To'p yon chiziqdan o'yinga kiritildi va Mane osonlik bilan bir raqibini aldab o'tib, darvozaga zarba berdi. To'p himoyachiga tegib qaytayotgan edi, ammo Talyafiko to'p yo'liga oyog'ini qo'yib, o'z darvozasini ishg'ol qildi.

33. ZARBAAA! "Ayaks" hisobni ochishi mumkin edi, ammo Adrian yaqin masofadan berilgan zarbani qaytarib qoldi.

32. Salohning darvozaga teskari turib, tovoni bilan bergan pasi Firminogacha etib bormadi. Mezbon jamoa himoyachisi bir amallab to'pni qaytardi.

30. Robertson qanotdan to'pni raqib jarima maydonchasi markaziga tashladi, biroq "Ayaks" posboni to'pni egallab oldi.

27. Sadio Mane boshlagan hujum yosh Jonsning Blindga ishlatgan qo'polligi bilan yakun topdi. O'yin biroz zerikarli kechmoqda.

20. "Ayaks" futbolchisidan ajoyib zarba. To'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi, biroq Yurgen Klopp ushbu hujumdan juda g'azablandi va shogirdlariga bir nimalar deya baqirdi.

9. Kudus maydonga qayta olmaydi. Uning o'rniga Kvinsi Promes maydonga tushdi.

6. "Ayaks" safida Kudus jarohat olgan ko'rinadi. Klub shifokorlari unga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

2. Adrian va Jo Gomes bir-birini yaxshi tushuna olmagani tufayli "Ayaks" gol urish uchun qulay vaziyatga ega bo'lishi mumkin edi, ammo to'p autga chiqib ketdi.

1. Uchrashuv boshlandi. "Ayaks" o'zining ananaviy oq-qizil, "Liverpul" esa qora rangli formalarda harakat qilishmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика