Van Deyk "Liverpul" safida 350-uchrashuvini o'tkazdi
23 jan 17:12
Yangiliklar
Van Deyk "Liverpul" safida 350-uchrashuvini o'tkazdi
"Liverpul" sardori Virjil van Deyk kecha jamoa safida yubiley uchrashuvida qatnashdi.
Chorshanba kuni kechqurun mersisaydliklar "Marsel" mehmoni bo'lib, Chempionlar Ligasi doirasida maydonga tushdi. Ushbu bahs van Deyk uchun "qizillar" safidagi 350-o'yin bo'ldi.
"350!", – deb yozdi van Deyk ijtimoiy tarmoqlarda.
Virjil van Deyk "Sautgempton"dan "Liverpul"ga 2018 yilning boshida o'tgan. Jamoa safidagi 350 ta uchrashuvda niderlandiyalik himoyachi 30 ta gol va 13 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" safarda "Marsel"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Arne Slot jamoasi navbatdagi o'yinni 24 yanvar kuni mehmonda "Bornmut"ga qarshi Premer-liga doirasida o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar