Arne Slot Jerrardning tanqidi haqida gapirdi
23 jan 20:58
Yangiliklar
Arne Slot Jerrardning tanqidi haqida gapirdi
Slot ECHL doirasida "Marsel" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Liverpul" chuqur himoyalanadigan raqibga qarshi o'ynashga qiynalayotganini aytgandi. Stiven Jerrard esa murabbiyning so'zlariga shu tariqa javob qaytardi: "Chuqur himoya haqida gapirishni bas qilish kerak".
"Uning aynan shunday gapirganini eshitmadim. Biroq Stiven doimo "Liverpul" haqida ijobiy fikrda bo'lgan va hozir ham shunday. U klub uchun ko'p qayg'uradi.
Uning chuqur himoya borasidagi gapiga qo'shilaman. Ha, men bu haqida ko'p gapiryapman, chunki biz chuqur himoyaviy raqiblarga ko'p duch kelyapmiz. O'yindan keyin mendan bahs haqida so'rashsa, fikrimni aytishim kerak.
U, shuningdek, o'zi futbol o'ynaganida chuqur himoyaga qarshi o'ynaganini va qaysidir futbolchi mahorati evaziga buni yorib o'ta olishini aytgan ekan. Lekin uning o'zi futbolchiligida shunday darajada edi.
Balki men boshqa so'zlarni topishim kerak yoki umuman bu haqda gapirmasligim kerak", - dedi Slot.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar