ECHL arafasida "Leypcig" o'z tarkibini "Roma" futbolchisi bilan kuchaytiradi
01 sen 2019 14:43
Yangiliklar


ECHL arafasida "Leypcig" o'z tarkibini "Roma" futbolchisi bilan kuchaytiradi
"Roma" hujumchisi Patrik SHik yaqin vaqtlarda "Leypcig" futbolchisiga aylanadi.
23 yoshli futbolchi shaxsiy shartnoma borasida "buqalar" bilan kelishuvga erishgan. CHexiyalikning yangi jamoasidagi yillik maoshi 2,8 million evroni tashkil qiladi.
"Leypcig" futbolchining bir yillik ijarasi uchun 5 million evro to'laydi va kelasi yozda uni 20 million evro evaziga sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar