ECHL. 5-turning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
29 noy 2019 16:32
Yangiliklar


ECHL. 5-turning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Evropa chempionlar ligasi 5-turining eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi.
Bu nomga "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski loyiq ko'rildi.
Unga oldinroq Keylor Navas, Lionel Messi va Romelu Lukakular raqobat qilishayotgan edi.
G'olib nomi UEFA rasmiy saytidagi so'rovnomadan so'ng aniq bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" ECHL 5-tur doirasidagi "Crvena Zvezda"ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasiga 4ta gol urgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar