So’nggi yangiliklar

02:49Қозоғистон термаси матбуот котиби: "Ўзбекистонга кўчиб кетаман"  8 02:34Одил Ҳамробеков: "Бу билан тўхтаб қолишни истамаймиз"  3 02:16Равшан Эрматов: "Бу ғалаба ўз-ўзидан келиб қолмади"  6 01:55Миллатлар лигаси. 9та гол урилган ўйинда Испания Францияни қийинчилик билан мағлуб қилди ва финалга йўл олди   44 01:41Осиёда яна катта байрам: Иордания ўз тарихида илк бор ЖЧда иштирок этади  9 01:21ЖЧ-2026 саралаши. Бизнинг гуруҳдаги барча масала ҳал бўлди  15 01:13Тимур Кападзе: "Бу ғалаба ҳаммамизники"  12 00:59Сречко Катанец: “Мен жуда қисқа гапираман…”   33 00:46Аббосбек Файзуллаев: "Ҳиссиётларни тасвирлаб бера олмайман"  11 00:35Ўткир Юсупов: "Бугун ота-онамнинг дуосини олиб, дарвозам даҳлсизлигини сақлаб қолишни ният қилиб тушгандим"  14 00:13Жанни Инфантино Ўзбекистонни жаҳон чемпионати йўлланмаси билан табриклади  25 23:52Тимур Кападзе: "Биринчи навбатда муҳтарам Президентимиз ва халқимизни ғалаба билан табриклайман"  43 23:45ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистонининг тақдири сўнгги турга қолди  7 23:30Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев футболчиларни табриклади  41 22:4534 йиллик орзу ушалди! Ўзбекистон ЖЧда!  622

ECHL. 3-tur qahramonlari FOTO Yangiliklar

ECHL. 3-tur qahramonlari FOTO

Teglar :  ECHLQahramonlar
Kuni kecha Evropa chempionlar ligasida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Biz yakuniga etgan turning eng yaxshi futbolchilarini yodingizga solishga qaror qildik.



Ugo Loris "Tottenxem"

Franciyalik posbon safarda "Bayer" bilan ajoyib harakat qildi. Uning CHicharitoning yo'llagan qoyilmaqom zarbasidan so'ng to'pni qaytarishi internet tarmoqlarida ommalashib ketdi. VIDEO



Alvaro Morata "Real Madrid"

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi "Legiya" bilan o'yinda zaxiradan maydonga tushib gol urdi va Lukas Vaskesga golli to'p uzatishni amalga oshirdi. "Real" raqib ustidan 5:1 hisobida zafar quchdi.



Riyad Marez "Lester"

Angliya chempioni bu mavsum premer-ligada u qadar ishonchli o'ynay olmayapti. Biroq ECHLda bunining aksini ko'rayapmiz. Raneri shogirdlari guruh bosqichining dastlabki uchta uchrashuvining barchasida g'olib bo'ldi va o'z darvozasidan umuman gol o'tkazmadi. 3-turda "tulkilar" Daniya chempioni, 22 maydan buyon rasmiy o'yinlarda yutqazmay kelayotgan "Kopengagen" klubini Riyad Marezning goli evaziga mag'lub etishdi.



Samir Nasri "Sevilya"

Gvardiolaning "Siti"siga kerak bo'lmay qolgan Samir Nasri Ispaniyaning "Sevilya" klubida har holda yomon o'ynamayapti. Franciyalik futbolchi Zagrebda "Dinamo" darvozasiga o'yindagi yagona golni urdi va jamoasiga 3 ochko keltirdi.



Janluiji Buffon "Yuventus"

38 yoshli Jiji Buffon hamon o'zining yorqin o'yinlari bilan butun dunyoni hayratga solishda davom etmoqda. Posbon ECHL 3-turida "Lion" bilan bahs qahramoniga aylandi. Bahs davomida bir necha marta jamoasini muqarrar gollardan qutqargan Buffon 35-daqiqada o'z darvozasi tomon belgilangan penaltini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Yakunda "Yuventus" 10 kishi bo'lib g'alabaga erishdi, bunda Buffonning xizmatlari eng birinchi o'rinda qayd etildi. Uning harakatlariga mashhur karikaturachi Omar Momani ham jim tura olmadi.



Mesut Ozil "Arsenal"

"Arsenal" bu turda o'z uyida Bolgariya chempioni "Ludogorec" klubini 6:0 hisobida tor-mor etdi. Mezbonlar safida germaniyalik Mesut Ozil professional faoliyatida ilk bor bir uchrashuvda 3ta gol urdi va Teo Uolkottga golli pas berdi.



Edinson Kavani PSJ

Zlatan Ibragimovich "Manchester Yunayted"ga o'tib ketgach PSJda Edinson Kavanining "elkasiga quyosh tegdi". Urugvaylik hujumchi bu mavsumning o'zida Franciya chempionatida 9ta, ECHLda 3ta gol urishga ulgurgandi. Kecha "Bazel" bilan bahsda Kavani golli pas berishga va uchrashuv so'nggida penaltidan gol urdi.



Vensan Abubakar "Beshiktosh"

O'tgan mavsum "Portu" safida ko'plab gollar urgan kamerunlik hujumchi Vensan Abubakar kecha "Napoli" darvozasiga ikkita gol urib Italiya klubining uydagi mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berdi.



Lionel Messi "Barselona"

"Manchester Siti"ga qarshi o'yinda argentinalik hujumchi Klaudio Bravoga bitta, Villi Kabaleroga ikkita gol urdi. Messi ECHLda o'zining ettinchi xet-trigini rasmiylashtirdi.



Yannik Ferreyra Karrasko "Atletiko"


Diego Simeone boshchiligidagi "Atletiko" o'z usulidan voz kechmayapti. "Matraschilar" ECHL guruh bosqichining dastlabki ikki uchrashuvida raqiblari darvozasiga bitta gol urib g'alabaga erishishgandi. Kecha ham bu anana davom etdi. Ispaniya klubi Rostov shahridan 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi. Yagona golni Yannik Ferreyra Karrasko urdi. 



Aren Robben "Bavariya"

Xobbisi jarohat olish bo'lgan Aren Robben nihoyat avvalgi sport formasiga qaytmoqda. Gollandiyalik futbolchi kecha PSVga qarshi bahsda avval Robert Levandovskiga gol urish uchun yordam berdi, bahs so'nggida o'zi ECHLda boshi bilan birinchi bor gol urdi.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика