So’nggi yangiliklar

22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  0 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  2 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  6 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  47 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0

Timur Kapadze: "Bu g'alaba hammamizniki" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Bu g'alaba hammamizniki"

O'zbekiston termasi bosh murabbiyi Timur Kapadze BAAga qarshi o'yindan keyingi hissiyotlari bilan bo'lishdi.

- Hudoga shukur, uzoq yo'l bosib kelib, muhim natijani qo'lga kiritdik. Butun xalqimizni, Yurtboshimizni tabriklaymiz. Bu g'alaba hammamizniki. Kecha, bugun telefon tingani yo'q, hamma bizni qo'llab-quvvatlashini, duo qilishini aytdi, g'alaba tilaklari biz uchun juda katta ishtiyoq bo'ldi. Futbolchilarim har bir o'yinda iroda ko'rsatishdi, maksimal harakat qilishdi, shu sababli natijaga erishdik. Hammamizga bu kun muborak bo'lsin. Bizga ham ozgina etishmasdi, hech bo'lmasa muzqaymoq eb kelishni istardik. Shukur, mana biz jahon chempionatiga chiqdik, xalqimiz borib, bemalol muzqaymoq eydi. 

- Qaysining bosimi kattaroq bo'ldi: Olimpiadaga olib chiqqan o'yinmi yoki bugungisi?

- Baribir olimpiya termasi milliy termadan bitta pog'ona pastda. Lekin o'sha o'yinning ham bosimi katta edi. Milliy terma mamlakatning eng katta jamoasi, demak, masuliyat ham shunga yarasha.

- Terma jamoani shunday paytda qo'lingizga olishingizning o'zi ham katta risk edi.

- Peshonada bor ekan. Shu kun menga nasib qildi. Hudoga shukur qilaman. Olimpiada chiqqanimizda ham o'z yo'limdan borganman. 

- Endi Qatarga qarshi bahs katta bayramga aylanadi.

- Albatta, bu o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Kam o'ynaganlarga imkoniyat berasizmi?

- Ko'ramiz, jamoaning kayfiyatiga qaraymiz. Hozir bu haqida gapirish juda qiyin. Hozir futbolchilarda kayfiyat ancha yuqori. Buni erta-indin o'ylab ko'ramiz. Chunki o'sha payt hissiyotlar kamroq bo'ladi va yaxshiroq o'ylash mumkin bo'ladi. 

- O'zingizdan qanchalik masuliyat echildi?

- Katta bosimni engib o'tdik. O'yindan oldin barcha saytlar, muxlislar g'alabamizni taxmin qilishdi. Bu ishtiyoq bo'lgani bilan katta yuk ham. Buni oqlashimiz kerak edi, bosim bor edi va vazifani uddaladik.

Reyting: +8   

Fikrlar

+2   
06 iyu 01:20:57
=JAGUAR=
Ertaga XET-TRIK Bayram bo'ladi o'ziyam))) JCH, JUMA, QURBON HAYITI )))? balki kimlardir farzandli bo'ladi, kimlarningdir esa tug'ilgan kuni xD)))
+1   
06 iyu 02:13:32
Адхамжон Низамов
ЧА сайти ходимлари.суст ишлаяпсизлар.Уйин тугагандан кейин бир соат утиб,Рома ва Ман.Сити Шомуродов ва Хусановни хамда Узбекистон термасини мундиал йулланмаси билан табрииклади.Бу хакда Спортс Казахстан ва бошка козок спорт сайтлари ёзишмокда
+1   
06 iyu 01:16:58
Pakhtakor_LIONS
Марални эзилди араблар хам
   
06 iyu 07:50:58
Алёш ака
Катанец ижтимоий тармоқ ларда борми, билгичлар борми
   
06 iyu 03:58:43
Baxtiyor Nazarov
QATAR UCHUN TARKIBLAR:
DARVOZADA: NEMATOV (2 taymda Ergashev)
HIMOYADA: NASRULLAYEV, ESHMURODOV, ABDULLAYEV, ALIJONOV(2 taymda To'xtaxo'jayev)
YARIM HIMOYADA: ISKANDAROV, MOZGOVOY, TURG'UNBOYEV, ERKINOV
HUJUMDA: SERGEYEV, SHOMURODOV (2 taymda O'runov)
   
06 iyu 03:50:43
Baxtiyor Nazarov
Qatar bilan o'yinga shu vaqtgacha o'ynamaganlarga imkon berish kerak, lekin g'alabani Qatarga topshirib qo'ymaslik kerak. Qatar ham 3-4 o'rin masalasini hal qildi
   
06 iyu 03:50:36
Baxtiyor Nazarov
Qatar bilan o'yinga shu vaqtgacha o'ynamaganlarga imkon berish kerak, lekin g'alabani Qatarga topshirib qo'ymaslik kerak. Qatar ham 3-4 o'rin masalasini hal qildi
   
06 iyu 03:08:29
Ahadjon Xolmirzaev
Sardor Rixsiboev foydalanuvchining fikriga javob berish
Jahon chempionati muborak bõsin! Tabrikliman hammani. Agar iloji bõsa 1 ish qilinsa zõr bõlardi. Qatar bilan õyin hech narsani hal qilmaydi, shu 1 tagina õyinda: M.Qosimov bosh murabbiy, O.Ahmedov asosiy tarkibda kapitan, va yana afsonalarimiz õyin oxiri 10-15 daqiqa qolganida I.Nesterov, T.Kapadze, S.Jeparov, A.Geynrixlar zahiradan tushirilsa haqiqiy bayram bõlardi. Chunki ularni ancha mehnati singgan MTJ uchun. Plyus bosib tarqatingla zero iloji topilib qolar! Rahmat!
Zayafka berib bòlingan,qoida bor,buni iloji yòq
   
06 iyu 02:45:13
Fc Milan20
O'zbekistonlik futbol muxlislari bugun o'zgacha uxlab turishadi, nihoyat jahon chempionati ishtirokchisi sifatida!
   
06 iyu 01:15:15
Murodjon Muhtorov
JCHda hujumkor o'yin qilish kerak. Bo'ldi maqsadimizga erishdik. Bizni o'yin hujumkor bo'lishi kerak. O'zimizni tanitish vaqti keldi
-1   
06 iyu 04:14:26
Baxtiyor Nazarov
TASAVVUR:
JCH 2026 GURUH. BOSQICHI.
ARGENTINA
MAROKASH
NORVEGIYA
O'ZBEKISTON
ARG-UZB 0-
MAR-UZB 1-3
NOR-UZB 0-4

1/16 BOSQICH
UZB-ANG 2-1

1/8 BOSQICH
ISP-UZB 0-1

1/4 BOSQICH
BRA-UZB 2-3

1/2 BOSQICH
FRA-UZB 0-2

FINAL
POR-UZB 1-1 PEN:4-5.
-1   
06 iyu 01:31:57
Sardor Rixsiboev
Jahon chempionati muborak bõsin! Tabrikliman hammani.
Agar iloji bõsa 1 ish qilinsa zõr bõlardi.
Qatar bilan õyin hech narsani hal qilmaydi, shu 1 tagina õyinda: M.Qosimov bosh murabbiy,
O.Ahmedov asosiy tarkibda kapitan,
va yana afsonalarimiz õyin oxiri 10-15 daqiqa qolganida I.Nesterov, T.Kapadze, S.Jeparov, A.Geynrixlar zahiradan tushirilsa haqiqiy bayram bõlardi. Chunki ularni ancha mehnati singgan MTJ uchun. Plyus bosib tarqatingla zero iloji topilib qolar! Rahmat!
-1   
06 iyu 01:19:41
Betarofff
Assalamu Alaykum. Rahmat hammaga. Timur esa 1-olimpiada va 1-jahoj chempionatiga chiqdi. Omadeeeee
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика