

Paragvay – Fransiya 0:1
Bosh hakam – Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Qanot hakamlar – Andrey Sapenko, Timur Gaynullin (ikkalasi ham O'zbekiston)
To'rtinchi hakam – Abdulrahmon Al-Jassim (Qatar)
VAR hakami (VAR) – Xuan Lara (Chili)
VAR yordamchi hakamlari – Marko Di Bello (Italiya), Jo Dikerson (AQSH)
Zaxira qanot hakami – Tolib Al-Marri (Qatar)
Gol: 0:1 – 70, Kilian Mbappe
Paragvay: 12. O. Xil, 2. G. Velaskes, 3. O. Alderete, 4. X. Kaseres, 6. X. Alonso, 15. G. Gomes, 8. D. Gomes, 10. M. Almiron, 14. A. Kubas, 23. M. Galarsa, 19. X. Ensiso.
Zaxira: 1. G. Fernandes, 22. G. Olveyra, 5. F. Balbuena, 13. X. Kanale, 26. A. Maydana, 7. R. Sosa, 11. Maurisio, 16. D. Bobadilya, 20. B. Oxeda, 24. G. Kabalero, 9. A. Sanabriya, 17. A. Gamarra, 18. A. Arse, 21. G. Avalos.
Fransiya: 16. M. Menyan, 3. L. Din, 4. D. Yupamekano, 5. J. Kunde, 17. V. Saliba, 6. M. Kone, 14. A. Rabo, 7. U. Dembele, 10. K. Mbappe, 11. M. Olise, 12. B. Barkolya.
Zaxira: 1. B. Samba, 23. R. Risser, 2. M. Gyusto, 15. I. Konate, 19. T. Ernandes, 21. L. Ernandes, 26. M. Lakrua, 8. O. Tchuameni, 13. N. Kante, 18. U. Zair-Emeri, 24. R. Sherki, 25. M. Akliush, 9. M. Tyuram, 20. D. Due.
90+10. O'yin yakunlandi.
90+6. Xavfli vaziyat! Mbappening ketma-ket ikki zarbasini raqib posboni bartaraf etdi.
90. Ikkinchi bo'limga 10 daqiq qo'shildi.
89. Zarba! Mbappe tepgan to'pni raqib posboni qaytardi.
86. Alonso jarima maydonchasi yaqinidan xavfli zarba yo'lladi, ammo unga biroz aniqlik yetishmadi. To'p darvoza yonidan o'tib ketdi.
84. Fransiyada o'zgarish: Dembele o'rniga Sherki.
81. Manuel Kone maydon markazida raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam vaziyatni e'tibordan chetda qoldirmadi va qoidani buzgan fransiyalik futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi.
73. Uchrashuvda qisqa tanaffus - bosh hakam futbolchilarga suv ichib olish uchun imkoniyat berdi.
71. Paragvayda ikki o'zgarish.
70. GOL! Fransiya hisobni ochdi! Kilian Mbappe penaltini sovuqqonlik bilan, aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Raqib darvozaboni to'pning yo'nalishini topa olmadi va boshqa tomonga sakradi.
68. Penalti.
66. O'yinda hayajonli daqiqalar! Bosh hakam VAR monitori yoniga yo'l oldi va vaziyatni shaxsan ko'zdan kechirmoqda. Gap shundaki, jarima maydonchasi ichida Dezire Duyiga nisbatan qoida buzilgan bo'lishi va Paragvay darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. Kutamiz.
64. Kilian Mbappe raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi, biroq uning bu urinishi ancha noaniq chiqdi.
61. Paragvay terma jamoasi tarkibida o'zgarish: maydonni Alderete tark etdi, uning o'rniga bahsga Kanale qo'shildi.
Fransiya terma jamoasi tarkibida ham o'zgarish: maydonni Bredli Barkolya tark etdi, uning o'rniga bahsga Dezire Duyi qo'shildi.
54. Manuel Kone olis masofadan kuchli zarba yo'lladi, biroq Paragvay terma jamoasi darvozaboni mahorat ko'rsatib, xavfli to'pni qaytarib qoldi – ajoyib seyv!
53. Kilian Mbappe burchak to'pini tezkorlik bilan o'yinga kiritib, Usmon Dembelega pas uzatdi. Raqib himoyachilari g'aflatda qolgan vaziyatda u darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq olis burchakni ko'zlab yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Imkoniyat boy berildi.
49. Adrien Rabo olis masofadan kuchli zarba yo'lladi, biroq uning ijrosidagi bu urinish noaniq chiqdi - to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Jamoalar yashil maydonga qaytishdi. Bosh hakamning hushtagi yangrab, o'yinning keyingi 45 daqiqasiga start berildi.
Birinchi bo'lim yakunlandi! Hakam hushtagi chalinib, futbolchilarni tanaffusga taklif etdi. Birinchi bo'limdan so'ng stadiondagi elektron tabloda nollar saqlanib turibdi.
Jamoalar birozdan so'ng maydonga qaytishadi, hozircha esa qisqa tanaffus.
45. Uchrashuvning birinchi bo'limiga bosh hakam tomonidan 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi. Jamoalar tanaffusga qadar hisobni ochish uchun harakat qilishmoqda.
43. Manuel Kone jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq ketdi – to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
38. Uchrashuvda qoida buzildi. Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening yuziga urib yuborishdi. Bosh hakam o'yinni to'xtatdi va Paragvay darvozasi tomon xavfli nuqtadan jarima to'pi belgiladi.
36. Maykl Olise jarima to'pini havolatib uzatib berdi. Raqib jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan xavfli vaziyatda Paragvay terma jamoasi himoyachilari katta qiyinchilik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Fransiya foydasiga burchak to'pi.
33. Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adrien Rabo olis masofadan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
32. Fransiya terma jamoasidan o'ng qanotdan xavfli uzatma amalga oshirildi, biroq jarima maydonchasi ichida turgan Kilian Mbappe to'pga bosh bilan zarba yo'llay olmadi. Imkoniyat qo'ldan boy berildi.
28. Diego Gomes raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi, biroq uning ijrosidagi bu urinish ancha noaniq ko'rinish oldi. To'p darvozadan ancha uzoqdan o'tib ketdi.
24. Uchrashuv bosh hakami Ilgiz Tantashev futbolchilarga suv ichib olish va dam olish uchun qisqa tanaffus e'lon qildi. Havo harorati yuqori bo'lgani sababli o'yinda "cooling break" (salqinlanib olish daqiqasi) yuzaga keldi. Murabbiylar ushbu imkoniyatdan foydalanib, shogirdlariga o'z ko'rsatmalarini tushuntirishmoqda.
22. Xavfli vaziyat! Manuel Kone raqib jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo'lladi. To'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi.
17. Fransiya terma jamoasining navbatdagi hujumi. Manuel Kone Kilian Mbappe yo'nalishida raqib jarima maydonchasi ichiga xavfli uzatma amalga oshirdi. Biroq to'p biroz noqulay tarzda kelgani bois, 10-raqamli futbolchi uni o'ziga bo'ysundira olmadi va imkoniyat boy berildi.
13. Paragvayliklar ilk xavfli hujumni tashkil etishdi. Belgilangan standart vaziyatdan jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni Fransiya terma jamoasi himoyachilari ishonchli tarzda qaytarib yuborishdi.
5. Maydonda Fransiya terma jamoasining yaqqol ustunligi kuzatilmoqda. Francuzlar to'p nazoratini to'liq o'z qo'llariga olib, raqibni bosim ostida ushlab turishibdi. Ammo Paragvay himoyachilari tartibli o'yin namoyish etib, ularga yakuniy zarbani berish uchun mutlaqo imkon qoldirishmayapti.
1. Uchrashuvga start berildi! Bosh hakam Ilgiz Tantashevning hushtagi chalindi va futbolchilar to'pni o'yinga kiritishdi. Bahs boshlandi, jamoalarga omad tilaymiz!
Jamoalar maydonga tushib kelishdi! Stadionda ajoyib atmosfera. Uchrashuv boshlanishiga bir necha daqiqa qoldi, futbolchilar va hakamlar yashil maydonda saf tortishmoqda.



