Jahongir O'rozov JCH-2026 haqida: “Barcha o'yinlarda mag'lub bo'lishimizga Kannavaro aybdor emas. O'zimizga bo'lgan ishonchimiz unchalik emas edi, hayajonlandik”

9 avg 2026, 11:43
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Jahongir O'rozov jamoaning JCH-2026dagi o'yinini baholadi.

Murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa guruh bosqichida Kolumbiya (1:3), Portugaliya (0:5) va Kongo DRga (1:3) mag'lub bo'ldi.

- Jahon chempionati boshqa daraja, u yerda o'ynash juda qiyin edi. Bunday turnirga birinchi marta chiqyapmiz. Bu biz uchun tajriba. Umid qilamanki, keyingi jahon chempionatlarida yaxshiroq o'ynaymiz.

- Nega ochko ololmadingiz? 

- Biz o'zimizga unchalik ishonmadik, hayajonda edik. U yerda yuqori darajadagi futbolchilar o'ynaydi, ko'pchiligi esa Chempionlar ligasi g'oliblari.

- Kannavaroning ishini qanday baholaysiz?

- O'zbekiston terma jamoasining barcha o'yinlarda mag'lub bo'lishida Fabioning aybi yo'q. Biz jismoniy jihatdan yaxshi holatda edik. Kannavaroning yordamchilari bizga ko'p narsani o'rgatishdi. Futbolchilarning bunday ishtirokiga o'zlari aybdor, - dedi "Rubin" himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru