“Dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga davogarlar elon qilindi
08 okt 2018 23:04
Yangiliklar
“Dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga davogarlar elon qilindi
Ushbu sovrin “Oltin to'p” sovrinining analogi hisoblanib, 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilarga topshiriladi. Ushbu sovrin ilk marotaba eng yaxshi deb topilgan futbolchiga taqdim etiladi.
Davogarlar ro'yxati: Kilian Mbappe («PSJ»), Kristian Pulishich («Borussiya» Dortmund), Janluiji Donnarumma («Milan»), Jastin Klyuyvert («Roma»), Patrik Kutrone («Milan»), Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»), Rodrigo («Santos»), Ussem Aua («Lion»), Amadu Aydara («Red Bull Zalcburg»), Ricu Doan («Groningen»).
Asosiy nomzol sifatida Killian Mbappe etirof etilyapti. Futbolchi Franciya terma jamoasi tarkibida shu yil yozda Rossiyada o'tgan Jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritish barobarida, mundialning eng yaxshi yosh futbolchisiga atalgan sovringa ham ega chiqqandi.
Fikrlar