“Dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga da'vogarlar e'lon qilindi

Aziz Tukhtamuradov
8 okt 2018, 23:04
Fransiyaning dunyoga mashhur France Football jurnali Kopa Trophy sovrini uchun da'vogar yosh futbolchilar ro'yxatini oshkor qildi.

Ushbu sovrin “Oltin to'p” sovrinining analogi hisoblanib, 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilarga topshiriladi. Ushbu sovrin ilk marotaba eng yaxshi deb topilgan futbolchiga taqdim etiladi. 

Da'vogarlar ro'yxati: Kilian Mbappe (PSJ), Kristian Pulishich (Borussiya Dortmund), Janluiji Donnarumma (Milan), Jastin Klyuyvert (Roma), Patrik Kutrone (Milan), Trent Aleksander-Arnold (Liverpul), Rodrigo (Santos), Ussem Aua (Lion), Amadu Aydara (Red Bull Zalcburg), Ricu Doan (Groningen).

Asosiy nomzol sifatida Killian Mbappe etirof etilyapti. Futbolchi Fransiya terma jamoasi tarkibida shu yil yozda Rossiyada o'tgan Jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritish barobarida, mundialning eng yaxshi yosh futbolchisiga atalgan sovringa ham ega chiqqandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif