So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  14 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"Dubl" davom etadi, bunisi yanada uyatliroq mavzu! Yangiliklar

"Dubl" davom etadi, bunisi yanada uyatliroq mavzu!

Musobaqalar o'tkazaverib, qaysi viloyatda, qanday yosh istedodli o'yinchilar borligi bilaman.

 Hozir bir murabbiyga o'zim bilgan bolalardan biri haqida bilish uchun qo'ng'iroq qildim.


Afsuski, javobdan hayratlandim. - Bazada o'rinbosarlarga sharoit yo'qligi tufayli, tumandan kelib ketishga qiynalyapti, puli yo'q!


O'zbek futbolining fojiasi mana qaerda. Bolalar futboli ming rivojlanib ketmaydimi. 16-18 yosh oralig'ida to'p tepishi kerak bo'lgan o'rinbosarlar ligasiga bo'lgan munosabat shunday tarzda bo'lsa, unda biz hech nimaga erishmaymiz. Bugungi mavzu shu haqda.


O'tgan yili samarqandlik otalar bilan ancha gaplashib qoldim. 15-16 yoshgacha bolamizga teginmaymiz. Lekin undan keyin oilaga qarashishi kerak. YO o'qish tanlaydi, yo bozor, yo Rossiya. Alamli gaplar. Nima uchun bizni istedodli futbolchilarimiz imkon olmay Rossiyaga ishlagani ketishi kerak? Rossiyada ish oson ekanmi? Ikki xonali kvartirani 15-16 kishi olib, navbati bilan yotib turadi. Bu bolalar 16 yoshgacha mehnat qildi. Bu orada klub bir so'm ularga xarajat qilmaydi, hech bo'lmasa keyingi ikki yiliga homiylik qil, shu bola Rossiyaga qurilishga emas, klubga, millionlar ishlagani ketadi.


O'rinbosarlar ligasiga bolalar 16-17 yoshdan saralab olinadi. Oz bo'lsa-da maosh tayinlash kerak. 16 yoshda ham bola ota - onasidan to'pga pul, maydonga pul, safarga pul deb turaversa, «eyyy, yig'ishtir shu futbolini, sen uyga pul topib kelasanmi yoki faqat olib chiqib ketasanmi», - deb gap eshitib oladi. Bundaylar juda ko'p. Juda ko'p o'yinchilar onamni boqay, otamni boqay, kasal momomga qaray deb futbolni tashlab yuboryapti. Bularning hammasiga Superliga klublarining mutasaddilari aybdor. Ular ichida bor yo'g'i 4ta klubni tilga olmaymiz. Qolgan hammasi o'z hududining futboli uchun ajratilayotgan milliardlarni ko'kka sovurish bilan band. Eng alamlisi klublar, o'sha «dublda» o'ziga tegishli haqqini ololmayotgan mahalliy xalqning oila azolari-yu, qo'ni qo'shnilarining soliqlaridan tushadigan pullar evaziga moliyalashtiriladi. SHunday ekan, o'zingiz ter to'kib topmayotgan pulingizni, nima uchun o'z egasiga bermaysiz? Davlatov va Babayandan qachon ish o'rganasiz. Babayan so'nggi 10 yilda 3ta katta transferni amalga oshirdi, Ahmedov, SHomurodov va O'runov. Endi savol, u yaxshi yashamay, kim yaxshi yashasin? SHu ishni Siz qila olmaysizmi? Oson-ku, bu! 2ta yosh o'yinchini olasiz, o'rinbosarlarga qo'yasiz, 18-19 yoshda asosiy tarkibga qo'yib, keyin sotasiz. Nimasi qiyin bu? Hatto 40 kunlik jo'jalarni katta qilish bundan qiyin, bittasiga kasal tushsa, hammasi qirilib ketadi. Sizni qo'lingizga yuzlab futbolchilar bor.


Kechagi maqoladan keyin bir klub murabbiyi telefon qildi. «Iltimos, keyingisida qo'shib keting, o'rinbosarlarga hech bo'lmasa 1-1.5 mln so'm maosh qilib berishsin, ota - onasiga issiq non olib kirsin shu bolalar. Bo'lmasam futbolni tashlab yuborishyapti», - uyat Sizlarga!


Eng qizig'i o'zbekistonlik futbolchi doim talab doirasida bo'lgan. Zo'r bo'lsa Rossiya, Xitoy, BAA va Qatarga, bundayroq bo'lsa Osiyoning o'rtamiyona chempionatlariga yo'l oladi. 5 milliondan yiliga 500 000 AQSH dollarigacha ishlash mumkin. Klubda «pitaniya»da o'g'rilik qiladigan, bolalar futbolidan tejaydiganlar, aqlni ishlatsalar, shu pullarni 10% o'zlarining halol pullari bo'ladi. Hozir agent degan narsa rivojlanib ketdi. 2-3 yil noto'g'ri yo'l bilan topgan pulingni, to'g'ri ishlasang 2-3 oyda halollab topasan. Qachon shu narsani tushunib etamiz? SHuning uchun Superliga klublariga rahbarlarni saylov orqali tayinlash kerak. Futbol bu biznesku, qachon anglaysizlar buni. Biznes deganda, legioner olib kelib uning maoshini «otkat» qilishmas. Biznes, bu safarga chiqqanda 200 000 so'mlik mehmonxona xarajatini 300 000 so'm qilib yozishmas. Biznes, bu 4ta bolalar futboliga yaxshi murabbiy olish mumkin bo'lgan payt o'sha maoshni jiyaningizga berish degani emas.

Keling, endi har bir klub o'z byudjetidan 3 mlrd so'mni kelajak avlod uchun sarf qilsa, u qanday bo'ladi?


To'g'ri ovqatlanish: 500 000 000 so'm.

20 nafar istedodni maoshi uchun: 537 000 000 so'm (12 oyga, har bir bola uchun 2 mlndan maosh).

Vitaminizaciya: 100 000 so'm.

Murabbiylar shtabi: 360 000 000 so'm (soliqlari bilan oyiga 10 mln so'mdan).

Inventarlar: 100 000 000 so'm.

Ekipirovka: 40 000 000 so'm (Otkat qilinmasa 2 mln so'mga mahalliy eng yaxshi sifatda kiyinsa bo'ladi).

U-18 tarkibi uchun: 300 000 000 so'm (murabbiylar maoshi va iventarlar).

U-10 - U-17 tarkiblari uchun: 300 000 000 so'm (murabbiylar maoshi va iventarlar).

2.237 mlrd so'm bo'ladi. Qolgan harajatlar musobaqa o'tkazish va yo'l kiralarga ishlatilinadi. Agar 2ta Isuzudan olib qo'yilsa, keyingi yillar uchun xarajat tejaladi.

Bu bor yo'g'i 300 000 AQSH dollari bo'lyapti. Oston O'runov shartnomasi tugayotganligi tufayli «UFA» 200 000 $ga, Jaloliddinovda ham shunday bo'ldi. Asl narxi 1 mln ekanligini ko'rdik. SHomurodov bilan ham shunday holat. Hamma o'yinchilarni shartnomasi tugayotganidan foydalanib qolishdi. Endi o'zingiz o'ylang, shartnomani chiroyli qilib qo'ysangiz, mana shu millionlar o'rtada agentlar qo'lida emas, aynan Sizning klubingiz byudjetiga kelib tushadi. 20 nafar boladan hech yo'g'i bittasini yulduz qilib sotsangiz, qolgan 19 kishidan hech yo'g'i 5 nafari O'zbekiston saviyasida o'zingizda o'ynaydi. O'zingizda o'ynagan futbolchi hech qachon 500 mlnlab ko'tarma pulini so'ramaydi, hech qachon 50 mln so'm maosh so'ramaydi va eng muhimi klubda pul qolmasa o'yinni sotmaydi! CHunki or nomus, mahalla-ko'y, ota va onasi uchun o'ynaydi.


Buni yo'li bitta - Klublarda rahbarlarni saylov yo'li bilan tayinlash.


Omon bo'ling!

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика