Drajen Dukich: "Qo'qondagi muxlislarga besh baho qo'yaman!"
11 may 2014 11:24
Yangiliklar
Drajen Dukich: "Qo'qondagi muxlislarga besh baho qo'yaman!"
"Qo'qon-1912" - "Paxtakor" (0:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar katta murabbiyi Drajen Dukich ishtirok etdi.
"Samvel Babayan betobligi tufayli Qo'qonga kela olmadi. SHu bois o'yin haqidagi fikrlarni men bayon qilaman. Bugungi o'yinga yaxshi tayyorlangandik. Bu jamoa birinchi ligada birinchi bo'lib turibdi. Jamoa muxlislariga gap yo'q. Biz 4-5ta imkoniyatdan foydana olmadik. Ustunligimizni natijada aks ettira olmadik. Javob bahsida g'alaba qozonishga urinamiz. Gol ura olmadik, bu futbol. Futbolda doim ham kuchli jamoa g'olib chiqavermaydi".
"Boyan Miladinovich bugun hujumda o'ynadi. Zaxiramizda hujumchi yo'q edi. Bizga gol kerak edi. SHu bois bo'yi uzun bo'lgan Boyanni hujumga tushirdik. Serbiyada o'ynayotganida u hujumchi sifatida ham harakat qilgandi. So'nggi daqiqalarda biz 4-4-2 taktikasida harakat qildik".
"Bunday muxlislikni O'zbekistonda umuman ko'rmaganman! Farg'onada, Andijondagi o'yinlarga borganman. Qo'qon muxlislariga 5 baho qo'yaman".
"To'g'risi raqib o'yiniga etibor qilmayman. Faqat o'z jamoam o'yinchilarining harakatlariga ko'proq etibor qilaman. SHu bois "Qo'qon-1912" jamoasidan bitta futbolchini ajratib ko'rsata olmayman".
"Paxtakor" hech qachon durang uchun o'ynamaydi. Bugun biz faqat g'alaba uchun keldik. Qo'qon jamoasi oliy ligada o'ynashi kerak. Sababi O'zbekistonda futbol aynan shu erda boshlangan. SHaxsan men "Qo'qon-1912"ning oliy ligaga chiqishiga muxlislik qilaman".

Fikrlar