So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  0 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  6 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  815 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Dragan CHeran: “Men futbolchiman, biznesmen emas” Yangiliklar

Dragan CHeran: “Men futbolchiman, biznesmen emas”

Teglar :  Dragan CHeranNasaf
“Nasaf” jamoasining legioner hujumchisi – Dragan CHeran qisqa davrda klubimiz muxlislarining nazariga tushdi va sevimli futbolchilaridan biriga aylandi.

Tabiatan yumshoq ko'ngil va hazilkash futbolchimiz, maydonda tajavvuzkor o'yin namoyish etmoqda. U jamoamiz safida 11ta o'yinni o'tkazib, 8ta gol urishga ulgurdi.
 
Bugun ushbu hujumchimiz o'zining 29 yoshini nishonlamoqda. Suhbatimiz esa, bir necha kun avval bo'lib o'tgan edi.
   
Futbolchi haqida malumotlar
 
Ismi sharifi: Dragan CHeran
Tug'ilgan sanasi: 6 oktyabr 1987 yil
Tug'ilgan joyi: Kikinda, Voevodina Avtonom o'lkasi, Serbiya Respublikasi
Ampluasi: markaziy hujumchi
Fuqoroligi: Serbiya Respublikasi
Raqami: 69
O'ynagan klublari: “Smederevo” (Serbiya), “Xapoel” va “Makkabi” (Isroil),  “Simurg” (Ozarbayjon), “Xajar” (Saudiya Arabistoni), “Varda” (Serbiya). 2016 yil ikkinchi davradan “Nasaf” jamoasi o'yinchisi.
 
Quyida Dragan CHeran bilan suhbatni etiboringizga havola qilamiz.
 
-Suhbatimizni bolaligingiz davridan boshlasak va futbolga kirib kelishingiz qanday kechgan?

 
-Men, Serbiyaning shimolida joylashgan Voevodina okrugidagi Kikinda shaharchasida tug'ilganman. Bolaligim shu erda o'tgan. 6-7 yoshimdan ko'chada bolalar bilan to'p tepganman. Sekin asta futbolga bo'lgan mehrim oshdi. 10 yoshdan o'tganimdan so'ng menda kelgusida futbolchi bo'lish orzusi paydo bo'lgan va bu sport turi meni go'yoki sehrlab qo'ygan edi. Men umuman futbol maktabi yoki akademiyasida tahsil olmaganman. 15 yoshimda Kikindadagi mahalliy futbol jamoasi murabbiylari nazariga tushdim va ular meni jamoaga taklif qilishgan.  17 yoshimdan Voevodinaning  “Smederevo” klubiga taklif qilishgan. SHu klubda professional futbolchiga aylanganman.
 
-Oilangiz  haqida ham malumot bersangiz.

 
- Biz oilada ikki farzandmiz, opam va men. Otam va onam nafaqada. Opam - Dragana mendan ikki yosh katta. U allaqachon oilalik bo'lgan, o'g'il farzandi bor. Uylanganman, bitta o'g'il farzandim bor, ismi Vasiliy. Hozir 9 oylik bo'ldi. Turmush o'rtog'im - Jovanna ham sportchi, u yoshligidan dzyudo va taekvondo bilan shug'ullangan. Keyin Serbiya Davlat Universitetida tahsil olgan. Kurash bo'yicha mutaxasislikka ega. Jovanna Yunon Rum kurashi bo'yicha uch karra Serbiya chempioni ham bo'lgan.  


 
-Unda qiyin ekan...
 

-To'g'ri (kuladi).
 
- O'zbekiston sizga yoqdimi?

 
-Albatta, men mamlakatingizning boy tarixi, madaniyati haqida  ozroq bo'lsada malumotlarga egaman. Yurtingizni tarixidan  xabardor odamda, sizlarga nisbatan o'zgacha hurmat paydo bo'ladi. SHunday yurtning klubida to'p tepayotganimdan mamnunman.
 
- Qanday taomlarimizni tanavvul qilishga ulgurdingiz?

 
-Deyarli hammasini! Menga hamma taomlaringiz manzur bo'ldi. Ko'proq osh menga yoqdi. Keyin borshhni yaxshi ko'raman. Klubimiz oshpazining qo'li shirin.
 
-Qaysi shaharlarimizni tomosha qildingiz?

 
-Men jamoa bilan birga ko'p shaharlaringizda bo'ldim. Afsuski, to'liq tomosha qilishga ulgurmadim. O'ylaymanki, menda hali shunday imkoniyat bo'ladi.
 
-“Nasaf” klubidagi sharoitlar sizga maqul bo'ldimi?

 
-Meni bu erdagi sharoitlarning hammasi qoniqtiradi. Bu erda futbolchi uchun kerakli hamma shart-sharoitlar professionallarcha muhayyo etilgan. Klub xodimlari ham ajoyib insonlar. “Nasaf”ni tanlab, xato qilmaganimdan xursandman.


 
-Oldindan noqo'lay savol uchun uzr so'rayman. Siz uchun qaysi muhim, jamoada o'ynashmi yoki maoshimi?

 
-Men har tomonlama o'ziga tuq oilada voyaga etdim. Pul men uchun muhim o'rin tutmaydi desam, mubolag'a bo'lishi mumkin. Ammo meni bu erga shunchaki taklif qilishgani yo'q. Men jamoam yutuqlariga katta hissa qo'shishim kerak va foydam tegishi kerak, bu masuliyatni har daqiqada his qilib turaman.  Men futbolchiman, biznesmen emasman.
 
-Dragan, sizni jamoada legioner sifatida muxlislar ko'proq kuzatishadi, bu holat sizga ortiqcha bosim yuklamaydimi?

 
-Bu bosimni his qilaman, ammo men futbolga bugun kelganim yo'q. Aksincha, bu menga o'zgacha zavq bag'ishlaydi. Tan olaman, muxlislar etiborida bo'lish, hamma qatori menga ham yoqimli. Klubimiz muxlislari ham ajoyib, ko'chaga chiqsam darrov tanishadi. Birga suratlarga tushamiz. Agar mashinada bo'lishsa, “qaerga oborib qo'yaylik”,- deb darrov so'rashadi. Bunday muxlislarning sevimli jamoasida to'p tepish sharafli.
 
-Muxlislar sizni mehmondorchilikka yoki to'yga taklif qilishmadimi?

 
-Hozircha yo'q, agar taklif qilishsa albatta boraman.
 
-Qisqa vaqt ichida jamoa to'purarlari qatoriga qo'shildingiz...

 
- Gol urish, hujumchi sifatida asosiy vazifam hisoblanadi. Maydonda buni ado etish mening muhim burchimdir. Yangi jamoada to'p tepayapman. Jamoadoshlarim ham men uchun yangi. Borgan sari bir-birimizni yaxshi tushunib borayapmiz. O'ylaymanki, kelgusida natija bundan ham yuqori bo'ladi. “Nasaf”da men shunga ishonaman. Bu jamoada futbolchilar ham, murabbiylar ham shu maqsadda faoliyat yuritishayapti.
 
-Kelajak haqida ham o'ylayapsizmi?
 

-Yo'q, men bugun haqida ko'proq o'ylashni yoqtiraman. Qolaversa, futbolsiz hayotni tasavvur qilishim qiyin. Qachondir futbolchilik faoliyatim yakuniga etsa ham, futboldan uzoqlashmayman.
 
-Endi chempionatimiz haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

 
-Faoliyatim davomida ko'proq Ozarbayjon chempionatida to'p tepdim. Agar bu ikki davlat chempionatini solishtirsam, bu erda ko'proq hujumkor futbol o'ynalar ekan. Bu menga hujumchi sifatida ko'proq yoqdi.


 
- “Nasaf” futbolchilari sizda qanday taasurot qoldirdi?

 
-Jamoamda ajoyib futbolchilar to'p tepishadi. Eng muhimi bu erdagi ichki muhit juda ajoyib darajada. Menga shaxsan bu holat juda yoqadi. Maydonda hamma o'z ishini qiladi. Maydondan tashqarida bizlar bir oila farzandlaridekmiz. Men ko'proq hazil qilishni yoqtiraman. Bo'sh vaqtlarimiz bir-birimizni umuman zeriktirmaymiz. To'g'risi, til borasidagi to'siq ham ortda qoldi. SHu erda jamoa bosh murabbiyi haqida ham aytib o'tishim  kerak. Berdiev har tomonlama o'z ishini biladigan mutaxasis. Hammamizga juda etiborli.  U qo'l ostidagi ostidagi futbolchilarni o'yinga ruhlantira oladi. Futbolchilar ham uning barcha ko'rsatmalarini to'liq bajarishga harakat qilishadi.
 
-Dragan, sizning standart vaziyatlarni ham chiroyli amalga oshirishingizni bilamiz...

 
-Agar o'yinda shunday imkoniyat, yani o'zim ishonch bilan tepadigan nuqtalarda bo'lsa, amalga oshiraman. Standart to'plarni tepayotgan futbolchida o'ziga nisbatan ishonch katta bo'lishi kerak. Men to'g'ridan-to'g'ri darvozaga zarba berishni ko'proq yoqtiraman.
 
-Aytingchi,  “Nasaf”da ko'proq to'p tepishni hohlarmidingiz?

 
-Albatta, bu erda hammasi ajoyib. Qolaversa, maqsadi aniq jamoada to'p tepish qiziqarli ham. Agar bu jamoaga kerak bo'lsam, o'ynaveraman.
 
-Suhbatimiz so'nggida muxlislarga tilaklaringiz.

 
-Futbolchi sifatida, o'z klubiga sodiq muxlislarni hurmat qilaman. Sodiq muxlislar o'z jamoasini muvaffaqiyatli paytida ham, og'ir paytida tashlab qo'ymaydi, qo'o'lab-quvvatlaydi. Bunday muxlislarni qadriga etish kerak. “Nasaf” muxlislariga har o'yinda bizga dalda bo'layotgaligi uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ajoyib jamoamning, ajoyib muxlislariga faqat sog'lik tilayman.

 
Cuhbatni Renat Ernazarov olib bordi. Sardor Nurov olgan surat.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика