So’nggi yangiliklar

11:50Уругвай дарвозабони Ўзбекистонга қарши ўйинда қайси вазият қийинчилик тўғдирганини айтди  0 11:28Юрген Клопп Вирцни ҳимоя қилиб чиқди  0 10:50"Барселона" асосий футболчиси билан янги шартнома имзолайди. Товон пули 500 миллион евро!  1 10:23ЖЧ-2026 саралаш. Бугун Осиёда иккита даҳшат ўйин бор  13 10:01Юрген Клопп: "У - 100 йилда бир марта пайдо бўладиган истеъдод"   1 09:18U-20 терма жамоамиз Қозоғистонга қарши майдонга тушади  0 08:51Бугун ўсмирларимиз яна бир бор Туркияга қарши баҳс олиб боради  3 08:26ЖЧ-2026 саралаш. Бельгия, Украина, Германияда ғалаба, Францияда эса... + қолган натижалар  0 07:58"Жуда меҳнаткаш, интизомли ва барқарор жамоа" — Бьелса Ўзбекистон терма жамоаси ҳақида  6 07:30Sofascore. Уругвайга қарши баҳсда йигитларимиз неча баҳо олишди?  14 00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  9 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  23 23:21Кабо-Верде терма жамоаси тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига йўл олди  12 22:35Абдувоҳид Неъматов: "Янги мураббийнинг талабларини бажаришга ҳаракат қиляпмиз"  20 22:10Элдор Шомуродов: "Умуман олганда ёмон ўйнамадик"  6

Ulug'bek Mirzaev: "Qog'ozda "Nasaf" favorit, balki penaltilar seriyasida omad "Andijon"ga kulib boqar" Yangiliklar

Ulug'bek Mirzaev: "Qog'ozda "Nasaf" favorit, balki penaltilar seriyasida omad "Andijon"ga kulib boqar"

Bugun Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida 2025 yilgi O'zbekiston Superkubogi uchun bellashuv bo'lib o'tadi.

Unda mamlakatning so'nggi yillardagi eng barqaror jamoalaridan biri — Qarshining "Nasaf"i bilan tarixiy finalga ilk marta yo'l olgan “Andijon” jamoasi to'qnash keladi.

O'yin oldidan o'zining tahlillari bilan tajribali futbol mutaxassisi Ulug'bek Mirzaev bo'lishdi. Muttaxassis "Nasaf"ning ustunligi va "burgutlar"dan nima kutish mumkinligi haqida ham to'xtalib o'tdi. 


"Hamma tushunib turibdiki, bu o'yinning favoriti "Nasaf" hisoblanadi. Jamoa Superkubok, Kubok finallari, chempionlik uchun kurashlar, OCHLda ishtirok etish borasida katta tajribaga ega. Yani bunday muhim uchrashuvlarda to'p tepish tajribasi ulardagi ko'plab futbolchilarda bor. "Andijon" esa bunday jiddiy o'yinga ilk bor duch kelyapti. "Nasaf" tarkibidagi futbolchilar holati, turnir jadvalida birinchi o'rinda ekanligi, jismoniy holati yani har tomonlama shakllangan. Qog'ozda "ajdarlar" raqibidan barcha jabhalarda kuchli. 

"Nasaf" Superligani juda kuchli boshlamaganiga qaramay sekin-asta birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. O'yin taqdiri faqat shu bahsda hal qilinadi. Shu bois har qanday natija bo'lishi mumkin. Balki "Andijon" hisobni ochar yoki tenglashtirar. Penaltilar seriyasida omad kulib boqishi mumkin. Bitta bahsdan iboratligi "burgutlar"ga "vabank"ga borish imkonini beradi. "Andijon" hech narsa yutqazmaydi. Jamoa yutqazgan taqdirda ham muxlislar koyishmaydi, ular ham raqib kimligini bilib turishibdi. Bu tomonlama "Andijon"da bosim kamroq. 


Shuningdek, Andijondan ko'plab muxlislar tashrif buyurishi kutilyapti. Lekin Toshkentda "Nasaf" muxlislari ham ko'p. O'yin juda qiziqarli kechadi. Cheran, Xebay, Mozgovoy, Muhitdinov kabi futbolchilarga qarshi qanday o'ynashi qiziq. Lekin jamoalar to'qnashuvida Superligada durang kuzatilgandi, o'tgan yili Kubokdan chiqarib yuborgandi. Oxirgi yillarda "Andijon" "Nasaf"ga qarshi bemalol o'ynamoqda. Bugun nima bo'lishini ko'ramiz va kuzatamiz",- deydi Ulug'bek Mirzaev.

Eslatib o'tamiz, Superkubok bellashuvi bugun "Bunyodkor" stadionida 19:30 da boshlanadi. Barchaga yoqimli tomosha tilab qolamiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика