So’nggi yangiliklar

18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  1 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  5 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  14 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  32 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0

Diyor Mirzaboev 9:0 haqida: “O'yinga qadar futbolchilarda tushkunlik holati mavjud edi” Yangiliklar

Diyor Mirzaboev 9:0 haqida: “O'yinga qadar futbolchilarda tushkunlik holati mavjud edi”

“Yangier-Quruvchi” – “Aral Samali” (9:0) o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev ishtirok etdi.

- Muxlislarni quvontiradigan darajadagi o'yin bo'ldi. Yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsak-da, yigitlarni o'yinga tayyorlash oson kechgani yo'q. CHunki kuchli beshlikka kira olmaganimizdan keyin, futbolchilarda tushkun holat bor edi. “Aral Samali”ni hurmat qilgan holda aytamanki, ular shuncha gol urishimizga imkoniyat berdi. Jamoamiz oxirgi uchta o'yinda imkoniyatlaridan foydalana olmagandi. Bugun esa vaziyatlarni golga aylantira oldik. 

“Turon” bilan o'yinda himoyada Bekzod Tolibjonov va Doston Berdiqulov tandemini sinab ko'rgandik. Lekin Berdiqulovning jismoniy holati yaxshi emasligini bois, uni almashtirgandik. Bugun yana boshqa himoyachilarga imkoniyat berishni istagandik va Tolibjonov va Hojimatovni asosiy tarkibda maydonga tushirdik. SHohruh Xolmatovda esa ruhiy tomonlama muammolar sababli uni zaxirada qoldirib, ikkinchi bo'limda maydonga tushirdik. 

Albatta, kuchli beshlikka kira olmadik. “Xorazm” bilan bellashuvda g'alaba qozonganimizda, vazifani bajarishimiz mumkin edi. Ming afsuski, u erda mag'lubiyatga uchradik. Jamoa kuchli 5talikga kira olmadi. Hayot davom etadi. Biz endilikda mavsumni oltinchi o'rinda tugatish uchun kurashamiz. 12 sentyabr kuni keyingi bosqichga qura tashlanadi. Navbatdagi rejani amalga oshirish uchun harakat qilishda davom etamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика