Ditmar Xamann: "Gvardiolaning "Bavariya"dagi ishiga 10 ballik tizimda 5 qo'yaman"
15 sen 2015 22:10
Yangiliklar


Ditmar Xamann: "Gvardiolaning "Bavariya"dagi ishiga 10 ballik tizimda 5 qo'yaman"
"O'ylashimcha, "Bavariya" boshqa istalgan murabbiy bilan hozirgidan yomonroq o'yin ko'rsatmagan bo'lardi. Men Gvardiolaning "Bavariya"dagi ishiga 10 ballik tizimda 5 qo'yaman. Bu o'rtacha baho. Bundesligada "Bavariya" chempion bo'ldi. Lekin Germaniya kubogida 10 kishi bo'lib qolgan "Borussiya D"ni mag'lub eta olmadi. CHempionlar ligasida ketma-ket ikki yil inqirozga yuz tutishdi. Lui van Gal va Xaynkes kabi mutaxassislar shu kabi natijalarni qayd etishganida "Bavariya"da uzoq ushlanib qolishmasdi deb o'ylayman. Bir yili "Real", ikkinchi yili "Barselona"ga yutqazish "Bavariya" uchun qoniqarsiz natija. Bu yili Gvardiola Evropa chempionlar ligasini yutib berishi kerak. Aks holda Gvardiolani kuchli murabbiy deb hisoblashmaydi", - deydi Ditmar Xamann.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar