"Liverpul"ning sobiq futbolchisi: "Sancho "Old Trafford" yulduzi bo'ladi"

Mirjalol Normatov
25 iyul 2021, 16:31
"Liverpul" va "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Ditmar Xamann yarim himoyachi Jeydon Sanchoning "Manchester Yunayted"ga o'tgani haqida fikr bildirdi.

"Ole va "Manchester Yunayted" uchun muhim mavsum boshlanmoqda. Sancho "Old Trafford"ning yulduzi bo'lishini kutyapman. Vingerlarning barchasida ham himoyachilarni bunchalik katta tezlik bilan aldab o'ta oladigan hususiyati yo'q. Sancho ham Reshford va Pogba kabi o'yin ko'rsata oladi.

Bundesligada Sanchoni kuzatganman, u juda ko'p xavfli vaziyatlar yaratadi. Evro-2020 chorak finalida Ukrainaga qarshi o'yinda uning qanday salohiyatga ega ekanligini ko'rganmiz. Menimcha, u nafaqat Angliyaning, balki, dunyoning eng yaxshi vingerlaridan biri. Muxlislar undan xursand bo'lishlari kerak", - dedi Xamann.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail