So’nggi yangiliklar

01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  0 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  12 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  234 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  3 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7

"Dinamo": Qibraydan g'alaba bilan Yangiliklar

"Dinamo": Qibraydan g'alaba bilan

Teglar :  Paxtakor-2Dinamo
Birinchi Liga 30-turi doirasida Toshkent viloyatining Qibray tumanida Paxtakor-2 jamoasiga qarshi to'p surgan Dinamo jamoasi safardan navbatdagi g'alaba bilan qaytdi.

Ushbu uchrashuvdan oldin mehmonlarning tajribali futbolchilari Aleksey Nikolaev va Alisher Xoliqovlar jarohatlari bois jamoaga yordam bera olmasliklari aniq bo'lsada, yosh dinamochilar shu kuni ularning yo'qligini bilintirishmadi. Ammo shu kuni mavsumdagi eng qiyin g'alabalardan biri qo'lga kiritildi.

Dastlabki daqiqalardan to o'yin yakunigacha bahs mehmon jamoa ustunligida o'tgan bo'lsada, yosh paxtakorchilar himoyada barqaror o'yin namoyish etishga intilishdi va bu vazifa birinchi bo'limda so'zsiz bajarildi.

Ikkinchi bo'limning 63-daqiqasiga kelib samarqandlik futbolchilarning hujumlaridan biri o'z mevasini berdi. Jarima maydoni ichida himoyachilar tomonidan qo'pollik bilan to'xtatib qolingan Omadjon Tayloqov, jabrlanuvchi sifatida belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini aniq zarba bilan darvozaga kiritib, hisobni ochdi, 0:1.

Goldan keyin ruhlangan ko'hna shaharlik futbolchilar har ikki qanotdan tinmay hujumlar uyushtirishdi. Bu ko'rsatma 86-daqiqaga kelib o'zini oqladi. CHap qanotdan etkazib berilgan to'p oshirishni zaxiradan maydonga tushgan yosh hujumchi Asomiddin Mamatov bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi, 0:2.

SHunday qilib, Toshkentda 4 kun ichida ikkita o'yinda maydonga tushgan Dinamo ikki g'alaba evaziga 6 ochko jamg'arib, turnir jadvalida eng yaqin taqibchisidan 8 ochkoga o'zib ketdi. Zaxirasida yana bitta qoldirigan o'yini bo'lgan jamoa 67 ochko bilan Birinchi Ligada peshqadamlikni mustahkamlashda davom etmoqda.

Samarqand jamoasi navbatdagi ikki turda 12 oktyabr kuni Nukusning Orol, 15 oktyabrda esa Urganchning Xorazm jamoasini qabul qiladi.

Birinchi Liga. 30-tur.

7 oktyabr (juma)

PAXTAKOR-2 – DINAMO - 0:2

Qibray, 56 tomoshabin.

Hakamlar:
I. Garmashov (Toshkent) – 8,2, I. Abdulakov (Toshkent vil.) – 8,3, I. Zoitov (Toshkent vil.) – 8,3, X. Nabiev - 8

Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).

Gollar: O. Tayloqov (63, penalti), A. Mamatov (86).

Dinamo: Mixail Naumov, Mirkomil Lokaev, Bunyod Isroilov, Ubaydullo Nabiev, Akmal Bozorov, Iskandar Xolmirzaev, Omadjon Tayloqov (Komil SHarofutdinov, 70), Jonibek Ko'chimov (Laziz Nuriddinov, 79), Islom SHaripov (Jasur Azimov, 46), Viktor Klishin (Asomiddin Mamatov, 70), Amirjon Safarov (Hakimxon Alamxonov, 80).

Ogohlantirishlar: M. Komilov (14), YU. SHoimov (39), S. Sindarov (66) – O. Taylakov (45+2), L. Nuritdinov (86).

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика