"Dinamo" lageridan daraklar. Uch futbolchi ketdi, bir futbolchi keldi
20 avg 2020 09:00
Yangiliklar
"Dinamo" lageridan daraklar. Uch futbolchi ketdi, bir futbolchi keldi
Pro ligada ishtirok etayotgan Samarqandning "Dinamo" jamoasi transferlar oynasida yana bir iqtidorli futbolchini o'z safiga qo'shib oldi.
Sergey Lushan boshchiligidagi "Dinamo" jamoasining mashg'ulotlariga iqtidorli yarim himoyachi Jahongir Ahmadov kelib qo'shildi. Bugunga qadar "Paxtakor" o'rinbosarlarida to'p tepib kelayotgan futbolchi endilikda samarqandliklar sharafini himoya qiladi. SHuningdek, jamoani uch nafar futbolchi tark etdi, "Dinamo" etakchisi Jasur Azimov "Qizilqum"ga yo'l olgan bo'lsa, Jasur O'rinov va tajribali futbolchi Alisher Yusupovlar ham tark etdi. Ko'rikda bo'lgan bir nechta futbolchilarga esa javob berib yuborildi.
Fikrlar