So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

"Dinamo" futbolchilari Obid Jo'raboev va Sardor Eminov "Olimpik" bilan o'yindan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

"Dinamo" futbolchilari Obid Jo'raboev va Sardor Eminov "Olimpik" bilan o'yindan so'ng nimalar dedi?

Samarqandning "Dinamo" jamoasi Pro liganing navbatdagi turida Toshkentda "Olimpik"ni mag'lubiyatga uchratdi (2:1).

Ushbu uchrashuvdan so'ng samarqandiklar safidagi tajribali futbolchilar Obid Jo'raboev va Sardor Eminov saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi.

Obid Jo'raboev - Xudoga shukur safarda o'ynaganimizga qaramasdan g'alaba qozonib oldik. To'g'ri bunga qadar mehmondagi natijalarimiz o'xshamayotgandi. Deylik "Oq-tepa" bilan o'yinda imkoniyatni boy berib, qimmatli ochkoni yo'qotgandik. Raqibimiz "Olimpik" yaxshi shakllangan jamoa hisoblanardi. Timur Kapadze qo'l ostida yosh va g'alabaga chanqoq o'yinchilar jamlangandi. Gapni ochig'i o'yin juda qiyin kechdi. Ko'rib turibsiz havo juda issiq. Jamoadoshlarim qo'ldan kelganicha harakat qilishdi. Birinchi bo'limdan so'ng murabbiyimiz ko'proq to'p bilan harakat qilishimizni takidladi. Buning natijasida bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi. Birinchi bo'lim oxirida SHohruh Abdurahmonovning hisobni tenglashtirgan goli qo'shimcha ruhiy ustunlik berdi, deya olaman. 

Samarqandagi o'yinlar kechki salqinda o'tmoqda. Stadionimizda sharoitlar yaxshi. Futbolimiz mutasaddilaridan o'yinlarni ko'proq 19:00dan keyinga qo'yishlarini so'rab qolardim. CHunki havo issiq, bu futbolchiga jismoniy jihatdan qiyin bo'ladi. Uchrashuvlarning salqinda o'tishi faqat biz uchun emas, stadionga tashrif buyuradigan muxlislarga ham engillik beradi.


Sardor Eminov - Qiyin o'yin o'tkazdik. Bunday og'ir uchrashuvlar hali yana ko'p bo'ladi. CHunki Pro ligada oson g'alaba qozoniladigan bahsning o'zi yo'q. Nima ham derdim, maqsadimiz sari oldinga intilishda davom etamiz. "Olimpik"ni mag'lubiyatga uchratib muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik va kuchli uchlikka kirdik. "Dinamo"ni Superligaga qaytarishni istaymiz. Buni ko'plab muxlislarimiz kutmoqda. Raqibimiz joriy yilgi Pro ligani yanada qiziqarli o'tishini taminlamoqda. Tarkibida yosh iqtidorlar o'zlarini ko'rsatishga intilishmoqda. Taxminimcha ular shu zayilda davom etishsa, kuchli beshtalikka kirishadi.

 Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика