So’nggi yangiliklar

21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  178 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  3 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  3 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  18 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  41 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  1

Dilyaver Vaniev: “Yosh murabbiy sifatida his tuyg'ularga berilishim odatiy hol deb o'ylayman" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: “Yosh murabbiy sifatida his tuyg'ularga berilishim odatiy hol deb o'ylayman"

"Qo'qon-1912" - "Mashal" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida muborakliklar ustozi Dilyaver Vaniev ishtirok etdi.




O'yin haqida aytadigan bo'lsam, taassurotlarim turlicha. Bahsga munosib tayyorgarlik ko'rgandik. Ammo elementar xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik. Birinchi gol o'tkazib yuborgan vaziyatda ham xatomiz qimmatga tushdi. Biz gol urganimizda boshqacha bo'lardi. Balki penalti ham bo'lmas edi. Oddiy holatlarda to'pni yo'qotdik.

Xatolar ustida ishlaymiz va natijalarni yaxshilashga harakat qilamiz. Juda ko'p ochko yo'qotdik. Menga hozir gapirish juda og'ir. “Qo'qon-1912” jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman.

O'yinlar oralig'idagi uch kunlik farq borasida aytadigan bo'lsam, bu normal holat.

Futbol emocional sport turi. Texnik xududda xayajonsiz turishning iloji yo'q. Mening o'rnimda bo'lgan har qanday odam mendek hayajonlanishi mumkin edi. Yosh murabbiy sifatida bunday his tuyg'ularga berilishim odatiy hol deb o'ylayman", - deydi Vaniev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика