So’nggi yangiliklar

15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0 15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   2 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  5 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  1 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  6 12:57Анчелоттининг рад жавобидан сўнг Бразилия терма жамоаси мураббийлигига асосий номзод ўзгарди  0 12:27Суперлиганинг 8-турида ишлайиган ҳакамлар билан танишинг  1 10:50«Байер» Алонсонинг ўрнига Испаниядан бошқа мураббий топди  0 10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  6 09:25«Барселона»га қарши учрашувда қизил карточка олган «Реал» футболчиларининг тақдири маълум  28 08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  5 08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  5

Dilyaver Vaniev: "Oldingi o'yindan saboq chiqardik" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "Oldingi o'yindan saboq chiqardik"

Pro liga 6-turi doirasidagi "Mashal" – "G'ijduvon" (5:0) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- O'yin haqida

- O'zbekiston Kubogida "Qo'qon-1912"dan qabul qilib olingan yirik hisobdagi mag'lubiyat (0:4)dan so'ng yigitlar bilan jiddiy gaplashib olgandik. SHu bois bugungi bahsga jiddiy ahamiyat qaratgandik. 0:0 bo'lib turganda raqibda ham imkoniyatlar yuzaga keldi. Oldingi o'yindan saboq chiqardik. Endi keyingi uchrashuvlarga hozirlik ko'ramiz.

- Mikola Agapov 3 ta gol urdi. Futbolchini keyinroq zaxiraga oldingiz, balki oxirigacha imkoniyat berish kerakmidi...

- U yuqori darajali futbolchi. FIFA to'g'ri qarorga keldi. U kelgandan keyin jamoaga katta yordam bermoqda. O'zgarish qilganimizga sabab u etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldi, yosh futbolchiga imkon berishga qaror qildik, bu normal holat. 

- "Mashal" Kubok uchrashuvida "G'ijduvon" bilan 0:0 o'ynagandi. SHundan kelib chiqsak, asosiy etibor chempionatga qaratilganmi?

- O'sha o'yindan qoniqmagandim. Rotaciya ham bo'lgandi. Bugungi va o'sha o'yin o'rtasidagi farqni birinchi urgan golimiz yo'qqa chiqardi. Oldinga intilishda davom etamiz.

Fursatdan foydalanib, "Nasaf"ni pley-offga chiqqani bilan tabriklayman! Bu O'zbekiston uchun katta reyting natija keltiradi.

Malumot uchun, "G'ijduvon" bosh murabbiyi Bahodir SHaymardonov o'yindan keyingi matbuot anjumaniga qatnashmadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика