So’nggi yangiliklar

10:20Ричард Фрайдей: "Пахтакор" дарвозабонига босим ўтказишга ҳаракат қилдим ва нимадир содир бўлиши мумкинлигини сездим"  0 09:46Жанлуиджи Доннаруммага асосий даъвогар жамоа маълум  2 09:18"Краснодар" сардори фаолиятини АПЛда давом эттиришга яқин  2 08:50Суперкомпьютер Ла лига фаворитлари номини эълон қилди  4 08:24Гарначо МЮ раҳбариятига ультиматум қўйди  7 08:01Пролига. Бугун Қорақалпоғистон дербиси бор  1 07:27Суперлига. Бугун учта учрашув бор  4 07:15Суперлига. "Нефтчи" бир киши кам бўлиб, "Насаф" устидан ғалаба қозонди. "Динамо" эса "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  3 01:58"Ман Сити" Макатини 20+ млн фунтга сотиши мумкин. "Ноттингем" билан келишув сўнгги босқичда  0 01:32"Эвертон" Грилишни ижарадан кейин 50 млн фунтга сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади  0 01:01"Ман Сити" Савионинг кетиши фонида Симонснинг агенти билан алоқада бўлиб турибди. "Челси" ҳам "Лейпциг" хавбеки бўйича музокаралар олиб бормоқда  1 00:49"Тракторсози" — Эрон Суперкубоги соҳиби! Ҳамробеков жамоаси соврин учун курашда Машариповсиз ўйнаган "Истиқлол"ни таслим этди  2 00:44Вадим Абрамов: "Футболни тўғри ўйнаш керак, шунда ҳаммаси жойига тушади"  16 00:34Камолиддин Тожиев: "Барча ўйинларда охиригача курашяпмиз"  8 00:31"Комо" ПСЖ футболчисига қизиқмоқда  0

Dilshod Rahmatov: "Xitoyda futbol bilan birga futzal ham rivojlanmoqda" Yangiliklar

Dilshod Rahmatov: "Xitoyda futbol bilan birga futzal ham rivojlanmoqda"

O'tgan hafta futzal bo'yicha Xitoy chempionatida navbatdagi mavsum o'z nihoyasiga etdi.

O'zbekiston terma jamoasi azosi Dilshod Rahmatov faoliyat olib borayotgan “Dalyan Puvan Anbo” klubi yakunda "CHin yurti"da tengsiz bo'lib chempionlikka erishdi. Biz hamyurtimiz bilan bog'lanib uning fikrlari bilan qiziqdik.

- Avvalo sizni Xitoy chempionligi bilan tabriklaymiz!
- Katta rahmat! Har bir sportchi chempion bo'lishni istaydi, xorijda chempion bo'lish esa ikki karra qadrliroq bo'lar ekan.

- 2016 yilning dekabr oyida “Dalyan Puvan Anbo” klubi bilan shartnoma tuzgan edingiz. Bu o'tish qanday sodir bo'ldi?

- O'tgan yil fevral oyida Toshkentda o'tgan Osiyo chempionati paytida agentim Xitoy klubidan taklif borligini aytgandi. O'sha paytda og'zaki tarzda roziligimni aytgandim. Qishda yangi mavsum boshlanishi arafasida “Dalyan Puvan Anbo” bilan shartnoma tuzdim.


- Xitoyda futzal bo'yicha chempionatning o'tkazilish tizimi haqida malumot bersangiz.
- CHempionatda 10ta klub ishtirok etadi. Klublar o'zaro uy-safar tizimida o'ynashadi. 18ta turdan so'ng dastlabki to'rtta o'rinni olgan klublar pley-off bahslarini o'tkazishadi. Birinchi o'rinni "SHenjen Nanling", ikkinchi o'rinni men o'ynagan “Dalyan Puvan Anbo” egalladi. Reglamentga ko'ra birinchi o'rindagi klub to'rt, ikkinchi o'rindagi jamoa uchinchi o'rini band etgan bilan o'ynashi kerak. Yarim finalda ikkita g'alaba qozongan klub finalga chiqadi. Musobaqada yuqorida bo'lgan klublar dastlabki ikki uchrashuvni o'z maydonida o'tkazadi. Agar bu ikki uchrashuvda g'olib aniqlanmasa mehmonda uchinchi bahs bo'lib o'tadi.

Yarim finalda "SHenjen Nanling" sensacion tarzda "Vuxan Dilong"ga yutqazib qo'ydi. Finalda aynan "Vuxan" bilan kuch sinashdik. Final esa uchta g'alaba qadar bo'lib o'tdi. O'z maydonimizda raqibni 6:2 va 5:2 hisoblarida mag'lub etdik. Mehmondagi uchrashuvda esa raqibni 4:2 hisobida engib chempionga aylandik.

- Klub safida nechta o'yinda maydonga tushib nechta gol urdingiz?

- “Dalyan Puvan Anbo” tarkibida Xitoy chempionatida 21ta o'yinda maydonga tushdim va raqiblar darvozasiga 23ta gol urib klub to'purari bo'ldim. Jamoada mendan tashqari yana ikki nafar braziliyalik futzalchi ham bor edi. Keyingi maqsadim esa Xitoy chempionatida ham to'purar bo'lish.


- Demak keyingi mavsumda ham Xitoyda o'ynaysiz?
- SHartnomam tugadi. Ammo rahbariyat uchrashib bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirdik. Nasib qilsa yangi mavsumda ham "Dalyan Puvan Anbo" safida o'ynayman.

- Xitoyda sizdan tashqari yana bir hamyurtimiz o'ynaydi adashmasam.

- To'g'ri, faqat bir emas ikki nafar o'zbekistonlik o'ynaydi. "Gansu Maisili" klubida SHuhrat Tojiboev va darvozabon To'ychivoy Berdiev faoliyat olib borishdi.

- Klub sizga qanday sharoitlar yaratib berdi?

- Maoshlar vaqtida berildi. Men uchun alohida tarjimon yollashdi. O'ynaydigan zalimizga yaqin joydan uy olib berishdi. SHaroitlardan nolishga haqqim yo'q, barchasi alo darajada bo'ldi.

- Xitoy turmush tarziga ko'nikib qoldingizmi?

- Ancha o'rganib qoldim. Asosan uyg'urcha taomlarni tanovul qilishga boraman. Xitoyliklar achchiq ovqatni yaxshi ko'rishar ekan. Xitoy tilini ham 30 foizga o'rganib oldim.


- O'zbekiston va Xitoy chempionatini taqqoslay olasizmi?
- Xitoyda 10ta klubning barchasida legionerlar bor. Ular evaziga chempionat kuchaymoqda. Ko'p klublarda aynan legionerlar etakchi hisoblanadi. Qolgan mahalliy futzalchilar ularga qarab o'sishadi. Xitoyda futbolga qo'shilib futzal ham rivojlanmoqda. Lekin shunga qaramay O'zbekiston chempionati ayni paytda Xitoy chempionatidan kuchli.

- O'zbekiston terma jamoasi ustozi Xose Mariya Mendez yurtimizni tark etishi kutilmoqda...

- Rosti Pulpis ketayotganidan afsusdaman. U O'zbekiston futzali uchun juda ko'p mehnat qildi. Ko'plab o'yinchilar aynan uning qo'l ostida o'sishga erishishdi. Masalan hozirgi klubimda italiyalik murabbiy bilan ishlayapman. Uning taktikasini va mendan nima xohlayotganini osongina tushndim. Sababi buni oldinroq Pulpis o'rgatib bo'lgandi. Evropa futzali uslubiga moslashib bo'ldim. Buning uchun Xose Mariya Mendezga katta rahmat aytaman. Kelgusi faoliyatida omad tilayman. Xudo xohlasa u bilan kelajakda albatta yana birga ishlaymiz.   

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика