

“Shu kunga qadar O'zbekiston futzal federatsiyasi terma jamoalar bilan ishlash departamenti boshlig'i bo'lib ishlab kelgan Zuparov Rustam Okuldjanovich boshqa ishga o'tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
O'z navbatida, O'zbekiston milliy terma jamoasining tajribali futzalchisi, jamoa sardori, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Dilshod Sherbo'taevich Raxmatov O'FF terma jamoalar bilan ishlash departamenti boshlig'i lavozimiga tayinlandi”, – deyiladi O'zbekiston futzal federatsiyasi matbuot xizmati xabarida.




