So’nggi yangiliklar

16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  6 16:13Про лига. "ФарДУ" – "Локомотив". Таркиблар маълум  0 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   0 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  4 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45Абдумавлон Абдужалилов: "Бухоро" бизнинг хато қилишимизни кутди, улар осон рақиб эмас"  0 13:28Эрон клублари ОКМК етакчисига қизиқмоқда  2 13:00Расул Йўлдошев: "Жамоамиз тушкун кайфиятга тушганди, буни енгиш учун ғалаба зарур эди"  0 12:46"Қўқон-1912" "Сурхон" устидан ишончли ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  1 11:54Диогу Жотанинг беваси ва ота-онаси "Вулверхэмптон" ўйинида бўлди. Мухлислар марҳум футболчини ёд олди  5

Dilshod Nuraliev: Futbolchilarga ajoyib o'yin uchun raxmat aytdim Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: Futbolchilarga ajoyib o'yin uchun raxmat aytdim

O'zbekiston hamda Marokash o'smirlar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng FIFA sayti muxbirlari O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuralievdan intervyu olishdi.

Quyida mazkur intervyuni etiboringizga havola etamiz.

- O'yin davomida juda ehtiroslarga berilganingizni ko'rdik. Bu sog'lig'ingiz uchun muammo tug'dirmaydimi?
- Zahira o'rindig'ida o'tirganimda, ehtiroslarga berilib ketaman. O'sha payt qattiq hayojonga berilib biroz tobim qochib qolishi mumkin. Aynan shu ehtiroslar orqali hayajonni chiqarib yuborishga harakat qilaman. Qolaversa, futbolchilar ham mening bunday ehtirslarga berilishimga ko'nikib qolishgan.

- O'zbekiston o'smirlarining keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Oldimizda yana bir muhim o'yin turibdi. Xorvatiyaga qarshi o'yin oldidan hech narsa deb bo'lmaydi. Bu o'yinga etarlicha tayyorgarlik ko'ramiz. Umuman, kamchiliklarimiz yo'q emas. Ularni bartaraf etishga harakat qilamiz. Bugun Afrika jamoasiga qarshi o'ynaganimizni unutmaslik lozim. Afrika qitasi jamoalari odatda bu yosh toifasida kuchli bo'lishadi. Xorvatiya bilan bo'ladigan o'yinda chiroyli o'yin ko'rsatib, muxlislarimizni hursand qilishga harakat qilamiz.

- O'zbekiston ushbu musobaqaga 2011 yilgi muvaffaqiyatni takrorlash uchun kelganmi yoki jamoada bundan ham yuqoriroq natijani ko'rsata olishiga imkoniyati bor deb o'ylaysizmi?
- Ushbu yosh toifasida Braziliya, O'zbekiston yoki Marokash terma jamoalarini favorit deb atamagan bo'lar edim. Bu yoshda futbolchilarning psixologiyasi juda o'zgaruvchan bo'ladi. Har bir o'yinga etarlicha tayyorgarlik ko'rilsa, bu maqsadga ham erishish mumkin.

- O'yindan keyin doira shaklini hosil qilib, futbolchilar bilan suhbat qurdingiz. Sir bo'lmasa, ular bilan nimalarni muhokama qildingiz?
- Men ularga ajoyib o'yin uchun raxmat aytdim. O'yin juda qiyin kechdi. SHuning uchun ham ularga, xarakter va matonat ko'rsatganliklari uchun minnatdorchilik bildirdim.

Dilshod Nuralievning FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusini quyidagi manba orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика