So’nggi yangiliklar

20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  1 20:00"Қизилқум" — "Машъал" 1:0 (Матнли транслация)  2 19:20"Брентфорд" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  6 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  33 18:58"Нефтчи" "водий дербиси"да "Андижон"ни мағлуб этди ва "Насаф" билан орадаги фарқни 2 тагача қисқартирди  61 18:53Суперлига. "Сўғдиёна" меҳмонда "Шўртан"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  7 18:31Артём Петросян: "Локомотив" футболчилари Суперлига даражасида. Улар бежиз лига пешқадами эмаслигини кўрсатишди"  0 18:05"Севилья" — "Барселона". Таркиблар маълум  68 18:01ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Карван"дан устун келди, Раҳмоналиев 89 дақиқа ўйнади  1 18:00Про лига. "Арал" "Жайхун"ни, "Локомотив" "Олимпик"ни мағлуб этди  2 16:33Суперлига. "Насаф"нинг қоқилиши интригани қайтарадими? "Нефтчи" учун ажойиб имконият  6 14:50"Чақирувдан хурсандман, боримизни бериб ҳаракат қиламиз" - Анваржон Ҳожимирзаев "Сурхон" устидан ғалаба ва миллий жамоага таклиф этилгани ҳақида  8 14:25"Наполи" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  7 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  6

Dilshod Nuraliev: "Agarda keyinchalik ham bosh murabbiy bo'lib qolsam tarkibni 70 foizini o'zgartirgan bo'lardim" Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: "Agarda keyinchalik ham bosh murabbiy bo'lib qolsam tarkibni 70 foizini o'zgartirgan bo'lardim"

Coca Cola Superliga 12-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Lokomotiv”(7:0) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng “temiryo'lchilar” bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev fikrlarini bildirib o'tdi.




“O'yinni hamma ko'rdi. “Paxtakor” kuchli o'yin namoyish etdi, bizning jamoamiz ushbu uchrashuvga umuman tayyor emas edi. Yigitlar bilan gaplashdik, ular qo'lidan kelganicha o'ynashdi. Hozirgi vaqtda “Paxtakor”ga qarshi bundan yaxshiroq o'yin ko'rsata olmaymiz, buni tan olish kerak. Ko'pchilik biladi jamoa boshqaruvini qo'limga olganimga ko'p bo'lmadi, shu vaqtgacha bir marotaba mashg'ulot o'tkazdim, u ham bo'lsa “Paxtakor” bilan o'yindan oldin. Jamoamizni yoshartirishga harakat qilmoqdamiz. CHunki, klubni falsafasi shunday. Vaziyatni to'g'irlashga harakat qilamiz.

Hozirgi sharoitimizda “Paxtakor” bilan ochiq futbol o'ynash noto'g'ri bo'lardi. SHu bois ko'proq himoyaviy taktikani tanladik. Hisob 0:0 bo'lib turgan paytda ikkita yaxshi vaziyat yaratdik. Birinchi goldan keyin hamma o'ylagan taktikalarimiz buzildi, gol urishga harakat qilib qarshi hujumlarda o'tkazib yubordik. “Paxtakor” bilan ochiq o'ynab bo'lmasligini futbolchilarga ham tushuntirdik. Ayrim futbolchilar berilgan ko'rsatmalarni bajara olishmadi.

Men jamoada vaqtinchalik bosh murabbiyman. Barchasini rahbarlar hal qiladi. Agarda keyinchalik ham bosh murabbiy bo'lib qolsam tarkibni 70 foizini o'zgartirgan bo'lardim. Yana qaytaraman barchasi rahbarlarni qo'lida. Yaxshi bilasiz, “Lokomotiv” o'rinbosarlarini ham murabbiy edim. Ishonmasangiz o'rinbosarlarimizni o'yinini kelib ko'ring. Mana kecha ham futbolchilarim hisobda ortda borayotib tenglashtirishdi, o'yindagi o'zgarishlar samarasini bera boshladi. Asosiy jamoada ham shu uslubni shakllantirishga harakat qilaman. Lekin, buning uchun vaqt kerak. Hammasi mening qo'limda emas, ertaga rahbarlar boshqa murabbiy olib kelishi hech gap emas.
Qaysi futbolchi olib qolishni yoki qolishini rahbarlarga aytdim. Ular ko'rib chiqishadi. SHaroit yaratib berilsa bir nechta o'yinchilar olarmiz. Ayrim poziciyalarda o'zgarishlarni amalga oshirish kerak. O'zim tarbiyalagan futbolchilarni olib kelib o'ynata olganimda boshqacha bo'lardi”,- deydi Dilshod Nuraliev.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика