Diego Forlan Urugvay terma jamoasi mashg'ulotiga tashrif buyurdi (+FOTO)
07 iyu 2018 13:00
Yangiliklar


Diego Forlan Urugvay terma jamoasi mashg'ulotiga tashrif buyurdi (+FOTO)
Kecha, 6 iyun kuni Urugvay terma jamoasi o'zining navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi.
O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik ko'rayotgan urugvayliklar mashg'ulotiga jamoa sobiq hujumchisi Diego Forlan tashrif buyurdi.
JARdagi JCH-2010ning eng yaxshi futbolchisi 8 iyun kuni Urugvay hamda O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini stadiondan kuzatishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Urugvay - O'zbekiston o'yini Toshkent vaqti bilan 04:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar