Deyli Blind mashg'ulotlarga qaytdi
31 jan 2020 21:06
Yangiliklar


Deyli Blind mashg'ulotlarga qaytdi
2019 yilning dekabr oyi o'rtalarida "Ayaks" futbolchisi Deyli Blindning yuragida muammolari borligi aniqlangandi.
Futbolchi Evropa chempionlar ligasi doirasida "Valensiya"ga qarshi uchrashuvda o'zini biroz yomon his qilgandi. O'yindan keyingi tekshiruvlarda esa shifokorlar ushbu holatga "yurak mushaklarining yallig'lanishi" tashxisini qo'yishgandi.
Keyinchalik OAV tomonidan futbolchi faoliyatini yakunlashi mumkinligi borasidagi malumotlar tarqatilgandi. Blind bugun mashg'ulotlarga qaytdi va jamoa bilan birga shug'ullandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar