Desham: "Pogba bilan aloqada bo'lib turibman"
09 avg 2022 22:00
Yangiliklar
Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogbaning Jahon chempionatida ishtirok etish yoki etmasligiga oydinlik kiritdi.
"Albatta, men Pol bilan aloqada bo'lib turibman. U bo'lajak Jahon chempionatida ishtirok etishi shubha ostida emas. U terma jamoaga chaqiriladimi yoki yo'qligini bilish uchun yakuniy ro'yxatni kutishga to'g'ri keladi, bu barcha futbolchilarga taalluqli", – dedi mutaxassis.
Avvalroq, Pogba jarohati sabab jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar