Desham Benzemani Fransiya terma jamoasiga jalb etishi mumkin

Alisher
18 may 2021, 12:09
Karim Benzema so'nggi bor 2015 yilning kuzida Fransiya terma jamoasida o'ynagandi.

"Real" forvardi qancha ko'p gol urmasin, Dide Desham Matyo Valbuena bilan bo'lib o'tgan voqea sabab uni bosh jamoaga taklif etmaydi.

Francuzlar milliy jamoasi bosh murabbiyining fikri o'zgarishi mumkin. Benzema Fransiya terma jamoasining Evro-2020ga boradigan tarkibida bo'lishi mumkin. Ro'yxat bugunning so'nggiga qadar e'lon qilinishi kerak.

Karim Benzema joriy mavsum "Real" tarkibida 45ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe