Derdiyok yana turk Superligasiga qaytdi
19 iyu 2022 01:51
Yangiliklar
Derdiyok yana turk Superligasiga qaytdi
2021 yilning iyun oyida Toshkent klubini tark etgan shveycariyalik futbolchi avgustda "Anqaragyuju" safiga borib qo'shilgan edi.
Turkiya 1-ligasining navbatdagi mavsumi ortda qoldi. Unda Derdiyok boshchiligidagi poytaxt klubi chempionlikni tantana qilish barobarida Superliga yo'llanmasi ega chiqdi.
Eren esa 31 uchrashuvda 10 ta gol bilan jamoaning eng yaxshi to'purariga aylandi. CHempionlik bahsidagi g'alaba ham uning goli evaziga qo'lga kiritildi.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli markaziy hujumchi uchun Turkiya Superligasi begona emas. U Toshkentga ko'chib o'tguniga qadar 5,5 yil davomida "Kasimpasha", "Galatasaroy" va "Gyoztepe" klublari sharafini himoya qilgan edi.
Ayni paytda Erenning Anqara klubi bilan 1 yilga mo'ljallangan shartnomasi bor. Tajribali o'yinchi 2023 yilning yozida yuqori ehtimol bilan butsalarini mixga ilsa kerak.
Malumot uchun, Derdiyok "Paxtakor"da yiliga 1,3 mln evro maosh olishi elon qilingan edi. Uning "Anqaragyuju"dagi ish haqi 3 karra arzonroq.
muallifning telegramdagi kanaliga obuna bo'ling → "Futbol analizi"
Fikrlar