Derdiyok “Paxtakor” safida ilk golini urdi
14 mar 2020 20:00
Yangiliklar
Derdiyok “Paxtakor” safida ilk golini urdi
Ayni dam O'zbekiston Superligasining 3-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Metallurg” bahsi davom etmoqda.
Uchrashuvning 62-daqiqasida Igor Sergeevning o'rniga zaxiradan maydonga tushgan shveycariyalik forvard Eren Derdiyok biroz o'tib bekobodliklar darvozasini ishg'ol etdi.
Bu 31 yoshli futbolchining “sherlar” tarkibidagi birinchi rasmiy to'pi sifatida yozildi. U bunga "Paxtakor" safidagi 5-o'yinga kelib erishdi.
Fikrlar