Derbi baribir derbida yoxud qo'qonliklarning tarixiy g'alabasi haqida
20 apr 2014 12:44
Yangiliklar
Derbi baribir derbida yoxud qo'qonliklarning tarixiy g'alabasi haqida
O'zbekiston Kubogining 1\16 final bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlardan markaziysi shubhasiz Qo'qondagi o'yin edi.
Farg'ona viloyatining ikki vakili o'rtasidagi bahs keskin kurashlarga boy tarzda o'tishi oldindan malum edi. SHu bois uchrashuvga bo'lgan qiziqish muxlislar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholanayotgan edi. Amalda shunday ham bo'ldi. Derbini bevosita stadiondan kuzatish maqsadida ertalabda Qo'qon tomon yo'lga chiqdik. Tushlikdan so'ng stadion atrofida muxlislar tashrifi boshlanayotgan payt. Farg'onadan ham mingdan ortiq ashaddiy ishqibozlar keldi. Xullas o'yinga borib attang qilmadik. Buning uchun katta ishtiyoq bilan o'ynagan har ikkala jamoa futbolchilariga rahmat aytib qolamiz. Men hammasidan ham stadiondagi muhit yoqdi. Bunaqasini bundan 2-3 yil oldin Namanganda ko'rgandim. Uchrashuvdagi shiddatning yuqori bo'lgani va o'yindan keyin butun stadiondagi muxlislarning quvonchini ko'rib to'lqinlanib ketdim. Aynan ushbu jihatlar maqola yozishimga turtki berdi.
O'YINDAN OLDIN
Yuqorida aytib o'tganimizdek, mazkur uchrashuvga qiziqish yuqori edi. Professional futbol ligasining hakamlar departamenti bo'limi ham o'yinga FIFA referilarni tayinladi. Uchrashuvni boshqarib borgan Valentin Kovalenkoga hamkasblari Rafael Ilyosov, Jahongir Saidov hamda Akmal Rahimov yordam berib bor. Agarda bu hakamlarning o'rnida boshqasi bo'lganida, keskin kurashlar ostida kechgan o'yinning tizginini qo'ldan chiqarib yuborishi ham hech gap emasdi.
PFL mutaxassislari Aleksey Frolov va Oleg Xudoydotov ham o'yinni bevosita stadionda kuzatganini aytib o'tish darkor.
Undan tashqari Qo'qon shahar hokimi A.Abdullaev va bir qator homiy tashkilot rahbarlari ham uchrashuvga tashrif buyurdi. OAV xodimlari ham shu kuni ko'pchilikni tashkil etdi. VIP, SIP lojalar to'lib toshdi. Aytgancha, “Qo'qon-1912”ning uy stadonida WiFi interneti borligi men kabi boshqalarni ham quvontirdi. EVO internet provayderining Qo'qondagi bosh filiali rahbari futbolning ashaddiy ishqibozi bo'lganligi sababli ham klub bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Klub qarorgohida ham bepul WiFi interneti borligi futbolchilarga yoqib tushgan. Stadionda WiFi interneti borligi bu albatta PFL mutaxassisi Aleksey Frolovning ham etiboridan chetda qolmadi. SHuningdek stadionning VIP va SIP lojalarida o'tirganlarga salqin ichimliklar berib borilishi ham yo'lga qo'yilgan. Bir so'z bilan aytganda, stadionda sharoitlar zo'r. Kerak bo'lsa oliy liganing ayrim jamoalari qila olmayotgan sharoitlar yaratilgan.
O'YIN
Uchrashuv yakka kurashlarga boy ruhda o'tdi. Maydonning har bir qarich erida to'p uchun futbolchilar jon jahdi bilan kurashdi. G'alaba qozonish uchun o'yinchilarning qo'zdi o't yonib turardi. Bu esa bahsning tomoshabop o'tishini taminladi. Garchi “Qo'qon-1912” tarkib jihatdan raqibiga nisbatan unchalik ham maqtana olmasada, bu jamoa o'z muxlislari ko'z o'ngida o'ynayotganini unutib qo'ymadi va hujum qilishdan aslo cho'chimadi.
Avvalo mezbonlarning o'yiniga qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsak, darvozada Aziz Ashurov shu kuni bexato harakat qildi. Ko'p vaziyatlarda jamoasining joniga aro kirdi. Qaysidir manoda uning oldida Xurshid Uzoqboev va Aleksandr Kritinin boshchiligida turgan mudofaa chizig'i vakillari ham iqtidorli posbonga enggillik tug'dirdi. Sababi Uzoqboev va Kritininda baribir tajriba yuqori ekanligi yaqqol ko'zga tashlanib turdi. Aynan ushbu himoyachilar mehmonlarning hujumchilariga deyarli o'yin bermadi. Markazda esa Nodir Qo'ziboev bilan Bahodir Akramov ajoyib juftlik xosil qilishganini shu kuni amalda isbotlab qo'yishdi. Ayniqsa “Neftchi”ning sobiq futbolchisi Qo'ziboev shu kuni ikki hissa kuch bilan o'ynaganini bilinib turdi. Ko'pchilik Nodirning sport formasi yaxshi emasligini aytayotgandi. Lekin futbolchining kecha g'alabaga bo'lgan hissasi katta bo'ldi. Raqib hujumlarini buzish bilan bir qatorda sheriklarini ham oldinga boshlash borasida Qo'ziboev faollik ko'rsatdi. Bejizga uni mavsum boshida qo'qonliklar o'z tarkibiga qo'shib olishmagan ekan. Agar shu ketishda bir maromda o'yin ko'rsatsa, yaqin yillar davomida Nodir yana boshqatdan oliy ligada kashfiyot bo'lishi shubhasiz.
“Neftchi”ga keladigan bo'lsak, jamoa murabbiylar shtabi va muxlislarning xurmat qilgan xolda shuni aytishni istardimki, jamoa hanuz o'z o'yin uslubini topib olmagan. Har xolda chetdan turib kuzatgan menga shunday tuyulmoqda. Futbolchilar bir-birlari bilan to'la-to'kis tushunib ketishmagan. Balki bu vaqtinchalik xolatdir. Lekin bu yil hisobidan shaxsan o'zim “Neftchi”ning 3-4ta o'yinini bevosita stadionda turib kuzatib shunga amin bo'ldimki, jamoa o'yinida ijobiy tomonga sezilarli o'sish yo'q. To'pni o'zida ushlab turish va paslar orqali kombinacion o'yin ko'rsatish degan narsa yo'q. Birgina Ruslan Melziddinovda shunday xususiyat borligini ko'rdim. Ammo u kechagi o'yin qadnomasiga kiritilmagandi. “Qo'qon-1912”ga qarshi uchrashuvda farg'onaliklarning erkin o'ynab o'z o'yin uslubini yanada o'zlashtirishini kutgandim. CHunki qo'qonliklar birinchi liga vakili va bu o'yinda xohlaysizmi yo'qmi baribir mehmonlar birinchi raqamli edi. Garchi ikkita hujumchi bilan o'yinni boshlagan bo'lsada Nosir Otaqo'ziev va Zohid Abdullaev tandemi aytarli hech nima ko'rsata olmadi. Negadir Abdullaevning jamoaga moslashib ketishi qiyin kechayotgandek nazarimda. Ilgari “Metallurg”da to'purarlik mahoratini namoyish etgan Zohidga “Neftchi”da nimadir etishmayapti. Undan ko'ra Ro'zim Ahmedovning foydasi katta bo'lmoqda. Yakka kurashlardan o'zini olib qochmaydigan xorazmlik hujumchining potenciali yuqori.
Aleksandru Onika ming harakat qilmasin baribir markazda Mansur Saidov o'rnini bosa olmayapti. Saidovda jamoadoshlarini oldinga etaklash xususiyati mujassam edi. Onikada bu narsa ko'rinmayapti. Farg'onaliklarning himoya chizig'idan ham ko'ngil to'q deyish qiyin. Xususan kecha ko'p xollarda mudofaa chizig'i vakillari ko'pol xatolarga yo'l qo'ydi. Fomin, Boboxonov va Kleckov aksariyat vaziyatlarda kutilmaganda to'pni o'z jarima maydoni ichida oldirib qo'ygan xolatlar uchrab turdi. Bunday xatolarni oliy liganing boshqa klublari kechirib o'tirmaydi.
USTOZ SHOGIRDNI MAG'LUB ETDI
Derbida ustoz va shogird murabbiylar ilk bor rasmiy to'qnash keldi. Tohir Kapadzeni o'ziga ustoz deb biladigan Murod Ismoilov shanba oqshomida murabbiy sifatida birinchi bor Tohir Kapadze jamoasiga qarshi o'yin o'tkazdi. Mezbonlar ustozi butun o'yin davomida maydon chetida tik turgan xolda shogirdlariga ko'rsatmalar berib turdi. U kishida shu kuni katta hayajon bor edi va muxlislar uchun ham g'alaba qozonmasa bo'lmasligini yaxshigina tushunib turgandi. SHu sababli ham “Neftchi”ning uyushtirgan havfli hujumlaridan keyin Kapadze soatiga qarab turardi. SHuni aytib o'tish kerakki, “Qo'qon-1912” murabbiyi o'yindan oldin o'zi istagan tarkibni maydonga tushira olmadi. Bunga sabab “Neftchi”dan ijaraga olingan Umidjon Qodirov va Abdullajon Mirzaev kabi o'yinchilarni farg'onaliklar maydonga tushishini taqiqlagandi. Bu o'yin kuni tushlik paytida aniq bo'lgach, bosh murabbiy oldida bir qator muammolar keltirib chiqardi. SHu bois ixtiyoridagi boshqa o'yinchilar xizmatidan foydalanishga majbur bo'ldi. SHunda ham Kapadze o'zini ko'rsatdi va oliy ligaga vakilini mag'lub eta oldi. Murabbiy o'yinchilarni almashtirishda ham shoshilmadi. Asosiy taymlarning birinchi bo'limidan so'ng Maruf Zokirjonov o'rniga Rustam Abduhamidov tushirildi. Keyingi ikki nafar o'yinchi almashtirish imtiyozi esa ushlab turildi. Asosiy taymlarda hisob ochilmagach, qo'shimcha taymlar boshlandi. SHunda murabbiy biroz charchab qolgan jamoa sardori Aziz To'xtaboev o'rniga Laziz Safoevni maydonga tushirdi. Uchinchi o'zgarish ham yana biroz saqlanib turdi va qo'shimcha taymlarda ham hisob ochilmasligi aniq bo'lib borayotgan bir paytda Tohir Kapadze uchinchi o'yinchini ham almashtirishni lozim topdi. Butun uchrashuv davomida barqaror o'yin ko'rsatgan Ashurov o'rniga tajribali Andrey Baklanov tushirildi. Bu taktik o'zgarish edi va vaziyat penaltilar seriyasiga etib borishini bilgan qo'qonliklar Baklanovning bu borada mahorati yuqori ekanligini oldindan bilgandi. Amalda esa shunday ham bo'ldi. Tajribali posbon penaltilar seriyasi boshlanganda o'zini birinchi to'p tepilayotgandayoq ko'rsatdi. “Neftchi” vakili Pavel Smolyachenko tomonidan tepilgan 11 metrlik to'pini Baklanov mahorat ko'rsatib qaytarishga erishdi. Bu paytda stadion larzaga keldi. Buni oddiy so'zlar bilan ifodalab berish qiyin. Butun stadion hayqirmoqda. Nahotki bugun “Neftchi”ni yutsak deya qo'qonliklar futbolchilarini qo'llab-quvvatlamoqda. Farg'onaliklarning ikkinchi penaltisini tepgan Nosir Otaqo'ziev esa to'pni tepaga tepib yubordi. Ana endi muxlislar g'alabaga ishona boshladi. Qo'qonliklar esa barchasini bexato amalga oshirdi va keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
ANSHLAG
SHu kuni o'yinga qiziqish yuqori bo'lganligi uchun ham bahs boshlanishidan 3 soat oldin stadionga muxlislar kelishi boshlangandi. Soat 14:30lar chamasi stadionga etib borganimizda hamma chipta sotib olish bilan ovora. CHipta narxi bir xilda 3000 so'mdan qilib chiqarilgan. Farg'onadan kelgan muxlislar salqin joyda stadionga kirishga ruhsat berilishini kutib o'tirgandi. Rasmiy ravishda 8000 muxlisga mo'ljallangan stadion tribunasi to'lib-toshishini tahmin qilgandim. Amalda shunday ham bo'ldi. O'yindan so'ng uchrashuv nazoratchi qaydnomaga 9221 nafar tomoshabin tashrif buyurganini yozibdi. Aslida undan ko'p edi. CHipta ololmasdan tashqarida qolib ketganlar ham juda ko'p bo'ldi. Stadion ichiga kirib olib, tik turib bo'lsa ham o'yinni ko'rsam bo'lgani degan ishqibozlarni aytmaysizmi, qani endi fotoapparatim bo'lganida shularni rasmga tushirib sizlarga tortiq etardim. Exxx, bunaqasi faqat vodiyda bo'ladi! Ishoning vodiyda!
Uchrashuv 17:00da boshlangani uchun ham qo'shimcha taymlarni hisobga olib aytadigan bo'lsak, qorong'u tushgandi. Har bir ishqiboz o'z telefonida chiroqlarini yoqib olgandi. Mana haqiqiy muxlislik mana haqiqiy derbi. O'yin ham shunga mos bo'ldi. “Qo'qon-1912” g'alaba qozonish uchun himoyada “yotib” olgani yo'q. Aksincha har ikki jamoa navbatma-navbat tinimsiz hujum uyushtirishga etibor qaratdi. O'yindagi joziba ham muxlislarni to'lqinlantirib yubordi. Ayniqsa bu kabi derbi o'yinlarida vaziyat penaltilar seriyasiga qadar etib borsa, ECHL o'yinlarining ham keragi yo'q. SHaxsan men uchun shunday!
Qo'qonliklar penaltilar seriyasida g'olib bo'lgach, stadiondagi hayqiriqlarni ko'rsangiz edi. Muxlislar uchun jamoa huddi oliy ligaga chiqqandek guyo. Hamma bir-birini xursandchilik bilan tabriklamoqda. Rahbarlaru, futbolchilar. O'yinchilar bir-biriga qo'llarni berib, har bir sektorga borib qarsak chalib kelishmoqda. Ishqibozlar salkam 30 daqiqa tinimsiz ularni qo'llab-quvvatlayapti. Stadiondan chiqaverishda esa ko'chalarga avtomashinalar yurishi taqiqlangan bo'lib, ko'cha to'la odam. Hamma uyiga xursand bo'lib ketmoqda. Qo'qon axliga ushbu g'alaba haqiqatdan ham bayramdek bo'ldi! Ayniqsa “Neftchi” ustidan erishilgan g'alaba ular uchun tarixiy edi.
Endi ular keyingi bosqichda oliy liga peshqadami “Paxtakor”ga qarshi kechadigan o'yinni sabrsizlik bilan kutishmoqda.
Islombek Rustambekov Qo'qon shaxridan maxsus.

Fikrlar